Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun o‘yin: “Poezd-poezd”.
Tarbiyachi: Bolalar, hozir biz siz bilan “Poezd-poezd” o‘yinini o‘ynaymiz.
Bolalar 2 guruhga bo‘linadilar. Har bir guruh bolalari bir qator bo‘lib tizilib turadilar. Barcha bolalar qo‘llarini bukib turishlari va oldi tomondagi bolaning tirsagidan ushlashlari taklif qilinadi.
Tarbiyachi: Bolalar, mana hozir sizlar poezd bo‘lib yurasizlar. Bolalar poezd qanday ovoz chiqaradi. Hammamiz “pish-pish” deb oldinga qarab yuramiz. Keyin navbatma-navbat boshqa bolalar ham parovoz bo‘ladilar.
Tarbiyachining buyrug‘i bilan bolalar oldinga, orqaga, chapga, o‘ngga kabi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlarini davom ettiradilar. (O‘yin bolalar zerikkuniga qadar davom etadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |