Bolalar uchun amaliy ish.
Barcha bolalarga oppoq doira shakli, qora, sariq, zangori rangli qalamlar beriladi. Tarbiyachi doira shakli bir kunimiz ekanligini, uning kun va tun qismlarini aytadi. Bolalarga doira shaklining oq tomoniga chegara chizig‘idan bolalar 2 ta barmog‘ini qo‘yib yana chiziq chizishlarini va bu chiziqni zangoriga bo‘yashlarini aytadi. Bu zangori rangga bo‘yalgan joy kunning ertalabki vaqti ekanligini aytadi. Qora tomondagi 2 barmoq sig‘arli joy kechqurunni bildiradi. O‘rtadagi oq joylar esa kunduzni bildirishini aytadi.
Bolalar bilimini mustahkamlash va tekshirish uchun o‘yin:
(Bu o‘yin ochiq havoda o‘tkaziladi).
Erga sutkaning qismlarini bildiradigan katta doira shakli chizilgan bo‘ladi. Doira shakli teng ikki qismga chiziq bilan ajratiladi. YArmiga quyosh tasviri, yarmiga oy tasviri chiziladi. Quyosh va oy tasviri tomonidan kunduz va kechqurun qismlari ham chizib ajratiladi. Bolalar doira atrofida qo‘l ushlashib turadilar. Tarbiyachi “kun” deganda doiraning quyosh bor qismiga o‘tadilar, “tun” deganda oy bor tomonga o‘tib turadilar. YAna qo‘l ushlashib turadilar. Tarbiyachi 2 ta bolaning nomini aytib “ertalab” deganda doiraning ertalabki bo‘limiga birinchi turib olishlarini aytadi. O‘yinda navbat bilan barcha bolalar ishtirok etishlari mumkin.
O‘yin yana boshidan davom ettiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Suratda kunning qaysi qismi tasvirlangan?
2. Maftuna yuz qo‘lini yuvdi va ovqatlanish uchun o‘tirdi.
3. Ulug‘bek onasi bilan boqchadan uyga kelmoqda.
4. Bolalar sayrga chiqishdi.
5. Onam ishdan keldi.
YUqoridagi harakatlar kunning qaysi qismida bajarilishi mumkin?
Faoliyat yakunida barcha bolalarni rag‘batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |