Ishlanmalari


Download 0.79 Mb.
bet107/110
Sana14.11.2021
Hajmi0.79 Mb.
#174079
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
O‘RTA GURUH

Bolalar uchun amaliy ish.

Tarbiyachi bolalarga xonadagi buyumlarning har biri qaysi shaklga o‘xshashini aytib chiqishni taklif qiladi.

Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun o‘yin: “Topgan-topaloq”.

Bolalar, hozir biz sizlar bilan “Topgan topaloq” o‘yinini o‘ynaymiz. Buning uchun sizlar 2 guruhga bo‘linasizlar.

Bolalar 2 guruhga bo‘linadilar. 1-guruhdagi bitta bola bironta buyumni ta’riflaydi. 2-guruhdagi bolalar maslahatlashib javobini aytadilar, ikkinchi bola 2-buyumni ta’riflab aytadi, yana uning javobini qarshi tomondagi guruh bolalari aytadilar.
Masalan: U to‘rtburchak shaklida unga har kuni odamlar qaraydi (ko‘zgu).

U uchburchak shaklida. Bu shakl baland, balandroq va juda baland joylarga joylashgan. U shu baland joyni va bizni yomg‘ir hamda qordan asraydi (uyning tomi).

Uning shakli to‘rtburchak. Uni onamiz har kuni ertalab cho‘ntagimizga solib qo‘yadi. U kir bo‘lganda yuvish kerak (ro‘molcha).

O‘yinda har bir to‘g‘ri javob uchun guruhlar yulduzcha bilan taqdirlanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling