Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Oldingizga kvadrat shaklini qo‘ying.
O‘ng tomoningizga uchburchak shaklini qo‘ying.
CHap tomonga yuring.
Orqa tomonga oval shaklini qo‘ying.
Doira sizning qaysi tomoningizda turibdi?
Faoliyat yakuni
Bolajonlar, bugun hammangiz berilgan savollar va topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘liq bajardingiz. Barakalla.
Barcha bolalar rag‘batlantiriladi.
Sanoq va son
Mavzu: 7 gacha bo‘lgan sonlarning yozilishi bilan tanishtirish
Maqsad:
Bolalarni 7 gacha bo‘lgan sonlarning yozilishi bilan tanishtirish.
7 gacha tartib bilan sanash,
“Qancha?”, “Nechanchi?”, savollariga to‘g‘ri javob berish.
Kutilayotgan natijalar:
7 ichida tartib bilan sanashni o‘rganib oladilar.
Nechanchi? So‘rog‘iga to‘g‘ri javob berishga o‘rganadilar.
Kerakli jihozlar:
7 gacha bo‘lgan sonlarning yozilishi.
Sanoq cho‘plari, tarqatma material.
Faoliyatga tayyorgarlik:
Guruh xonasida 7 gacha bo‘lgan sonlar yozilgan va 7 gacha bo‘lgan sonlarni o‘xshatish bo‘yicha chizilgan rasmlar ilib qo‘yiladi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, bizning guruhimizga 1 dan 7 gacha bo‘lgan sonlar mehmon bo‘lib kelishgan. Sizlar ularni juda yaxshi taniysiz. Kelinglar, men sizlarga shu raqamlarning nimalarga o‘xshashini mana bu rasmlar orqali ko‘rsatib o‘taman.
1 – SHapka kiygan tayoqcha
2 – Suvda suzadigan oqqush
3 – Kapalakning yarim qanoti
4 – Burunli son
5 – Esnayotgan son
6 – Ko‘zoynakning yarmi
7 – Belbog‘li son
Do'stlaringiz bilan baham: |