Ishlanmalari
Download 0.79 Mb.
|
O‘RTA GURUH
Faoliyatning borishi:Tarbiyachi: Bolalar biz oldin ham sizlar bilan doira, kvadrat va uchburchak shakllari haqida gaplashganmiz. Hozir sizlarga yana bir voqeani aytib beraman. Doira, kvadrat va uchburchak uchovi o‘rtoq ekan. Doimo birga yashar ekanlar. Bir kuni ular rosa zerikishibdi. Doira shakli o‘rtoqlariga “YUringlar, boshqa joylarga borib sayohat qilib kelamiz”-debdi. Uchburchak bilan kvadrat rozi bo‘libdi. Doira shakli yumalab-yumalab ketaveribdi. Uchburchak bilan kvadrat joyidan qimirlay olmabdi. CHunki uchburchakning 3 ta burchagi, kvadratning 4 ta burchagi ularning yumalashiga halaqit beribdi. Doira shakli aqlli ekan. U kvadrat bilan uchburchakni o‘z ichiga, ya’ni doiraning ichiga kirib joylashishlarini aytibdi. Kvadrat va uchburchak doira ichiga kirib joylashib olishibdi. Ular doira yordamida yumalab-yumalab odamlar yashaydigan joyga kelib qolishibdi. Bir bola ularni ko‘rib biror narsa yasayman, deb uyiga olib kirib ketibdi. Doira, kvadrat va uchburchak uydagi narsalarni ko‘rib og‘zilari ochilib qolibdi. CHunki bu uyda xuddi ularning shakllariga o‘xshash narsalar juda ko‘p ekan. Masalan: doira shakliga o‘xshash narsalar - lagan, likobcha, piyola, stol, koptok kabilar. Kvadrat shakliga o‘xshash narsalar – kubiklar, yashik, televizor, shkaflar. Lekin uchburchak shakliga o‘xshash narsalar kamroq ekan-kubiklar ichida tom yasash uchun uchburchak shakllari bor ekan, dazmol bir oz uchburchak shakliga o‘xshar ekan. Bola uchburchak va doira shaklidan foydalanib velosiped yasabdi. Kvadrat shaklidan aravacha yasabdi. Kelinglar, bolalar, biz ham uchburchak, kvadrat va doira shakllaridan velosiped va aravacha yasaymiz (applikatsiya usulida). Agar bu ish sizlarga qiyin bo‘lsa doira, kvadrat va uchburchak shaklidagi xohlagan narsaning rasmini chizishingiz mumkin. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling