Bolalar uchun amaliy ish.
Har bir bolaning qo‘lida mashinacha (yoki biror buyum) bo‘ladi.
Tarbiyachi: Bolalar, qo‘llaringizdagi mashinani o‘zingiz boshqarasizlar. Men sizlarga qaysi tomonga yurgizib harakat qilishingizni aytib turaman. Qani, hammamiz mashinalarimizni qo‘limizda ushlab tayyor turamiz. Endi mashinalar motorini yurgizinglar (bolalar mashina ovoziga o‘xshatib ovoz chiqaradilar). Mashinamizni oldinga yurgizamiz, orqaga yurgizamiz.
Mashinamiz o‘ng tomonga buriladi, yana chap tomonga yuradi. Oldi tomondagi to‘siqlar tomon yurgizing. To‘siqlardan oshib o‘tish uchun yuqori to‘siq tepasiga chiqamiz, pastga tushamiz (bolalar tarbiyachi aytgan yo‘nalish bo‘yicha harakatni davom ettiradilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |