|
|
|
|
2
|
|
|
Oqqush
|
|
|
|
|
3
|
|
|
Kapalakning yarmi
|
|
|
|
|
4
|
|
|
Burunli son
|
|
|
|
|
5
|
|
|
Esnayotgan son
|
|
|
|
|
6
|
|
|
Ko‘zoynakning yarmi
|
|
|
|
|
7
|
|
|
Belbog‘li son
|
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Sonlar saflaning”.
O‘yinning borishi: Bolalardan 7 tasiga 1 dan 7 gacha bo‘lgan sonlar beriladi. “Sonlar saflaning” deb buyruq berilganida bolalar to‘g‘ri tartibda saflanishi kerak. O‘yin 5-6 marta o‘ynaladi.
Tarbiyachi: Endi oldingizdagi varaqqa qalam bilan mana shu sonlarni o‘xshatib rasmlarini chizasizlar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun topshiriqlar: Necha son yozilgan bo‘lsa shuncha uchburchak chizing.
Miqdor (kattalik)
Mavzu: Balandligi va eni, uzunligi va eni bo‘yicha keskin farq qiluvchi buyumlarni qiyoslash
Maqsad:
Bolalarga o‘ziga tanish buyumlarni boshqa buyumlar bilan qiyoslashni o‘rgatish.
Buyumlarni o‘ziga xos jihatlarini topishga o‘rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Buyumlarni qiyoslashni o‘rganadilar.
Buyumlarning o‘ziga xos jihatlarini topishga o‘rganadilar.
Kerakli jixozlar:
Tayoqcha, taxtacha.
Baland va enli mayda buyumlar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, guruhimizni jihozlash uchun turli buyumlar qo‘yilgan. Ularning tuzilishi har xil. Mana bu katta shkaf guruhimizdagi eng baland shkaf ekan. Bu shkaf bilan yana mana bu 2 ta shkafning balandligi teng ekan.
Xonamizda eni enli buyumlar mana bu kitob tokchasi, stol ekan. Buyumlar orasidan alohida ajralib ko‘zga tashlanib turibdi. Bolalar, biz yil davomida buyumlarning kattaligini o‘rganib chiqdik.
Mana hozir mening stolim ustida turli buyumlar turibdi. Ularning kattaligi har xil. Buyumlarga e’tiborimizni qaratib darhol bo‘yi baland va kalta jismlarni ajratib olishimiz kerak. Buyumlar orasidan eng baland va eng kalta buyumlarni men topib oldim (tarbiyachi o‘lchab ko‘rsatadi).
Endi tushunib olgan bo‘lsangizlar sizlar ham buyumlar orasidan boshqa buyumlarni qiyoslab, uzun – kalta, enli-ensiz buyumlarni ajratib oling.
Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalarning oldiga etarli tarzda har xil shaklli tayoqcha va taxtachalar qo‘yilgan. Tarbiyachi, bo‘yi bir xil uzunlikdagi tayoqchalarni ko‘rsatadi va bolalarga qo‘lidagi tayoqchalardan bittadan berib chiqadi, xuddi shu uzunlikdagi tayoqchani oldilaridagi tayoqchalar orasidan topishlari lozimligini aytadi. Bolalar tarbiyachi bergan tayoqchani oldilaridagi tayoqchalar bilan o‘lchab bir xil uzunlikdagi tayoqchani topadilar.
Bolalar qo‘llaridagi tayoqchani stoldagi tayoqchalar bilan qiyoslab bir xilini topganlaridan so‘ng, tarbiyachiga ko‘rsatadilar. Tarbiyachi yana shunga o‘xshash topshiriqlarni taxtachalar bilan bajarish topshirig‘ini berishi mumkin.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “O‘xshashini top va qiyosla”.
O‘yin mazmuni: Bolalar 2 guruhga bo‘linib turadilar. 2 ta idishga turli hajmdagi uzun va enli mayda buyumlar solingan. 1-guruhdagi bolalar 1-idishdagi buyumlarni olib joylariga borib turadilar, 2 –guruhdagi bolalar 2-idishdagi buyumlarni oladilar (har bir buyum 1 juftdan olingan bo‘lib birinchi va ikkinchi idishga bo‘lib qo‘yilgan bo‘ladi). Tarbiyachi bolalarga bir-birining qo‘lidagi buyumlarga e’tibor berishlarini aytadi. Tarbiyachining ishorasidan so‘ng 1-guruhdagi bolalar o‘zining qo‘lidagi uzunlikdagi yoki enlikdagi buyum 2- guruhdagi qaysi bolaning qo‘lida bo‘lsa, shu bolaning oldiga borishlarini aytadi. Bolalar buyumlarni qiyoslab ko‘radilar. Qaysi bolaning buyumlari mos tushsa, shu bolalar rag‘batlantiriladi. SHart o‘zgartirilib 2-3 marta takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |