Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
2 ta stulning oyoqlari nechta?
Sakkiz sonidan keyingi sonni ayting.
Boshingizda joylashgan og‘zingiz, burningiz, ko‘zlaringiz, qoshlaringiz, quloqlaringizni sanang, ular nechta?
Bitta ona tovuqning 8 ta bolasi bor, hammasi nechta?
9 sonida nechta bir soni bor?
Faoliyat yakunida hamma bolalarni rag‘batlantirish.
Miqdor (kattalik)
Mavzu: Turli xil o‘lchamdagi narsalar orasidan bir xil o‘lchamdagi narsalarni ajratish va farqlash
Maqsad:
Bolalarni o‘ziga tanish bo‘lgan o‘lchamdagi narsalarni ajratib farqlay olishga o‘rgatish.
Narsalarni bir-biriga nisbatan tartiblashtirish ko‘nikmasini mustahkamlash va ziyraklikni oshirish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar o‘ziga tanish bo‘lgan o‘lchamdagi narsalarni ajratib farqlashni o‘rganadilar.
Bolalar har bir narsaga ziyraklik bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Turli xil o‘lchamdagi taxtachalar, mashinalar.
Uchburchak, doira, to‘rtburchak shakllari (kartondan).
Do'stlaringiz bilan baham: |