Ishlanmalari


Download 0.79 Mb.
bet77/110
Sana14.11.2021
Hajmi0.79 Mb.
#174079
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110
Bog'liq
O‘RTA GURUH

Vaqt haqida tasavvur



Mavzu: “Kun va tun”
Maqsad:

Bolalarda kunduz va tun haqidagi tasavurlarni shakllantirish.

Bolalarni nutqda “kun”, “tun”, “kecha”, “kunduz” so‘zlarini to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish.

Kutilayotgan natijalar:

Bolalar kun va tun haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.

Bolalarda mantiqiy tafakkur rivojlanadi.

Kerakli jihozlar:

Oq va qora rangdagi to‘rtburchak qog‘ozlar.

Kun va tun tasvirlangan rasmlar.

Oq qog‘oz va rangli qalamlar.
Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Biz tevarak atrofimizda nimalarni ko‘ryapmiz ? (ko‘proq predmetlar rangi aytiladi).

Hamma predmetlar yaxshi ko‘rinadigan vaqt –“Kun” deb nomlanadi. Kunduzi yorug‘likdan foydalanib, hammamiz ishlarimizni qilib olishga harakat qilamiz. Tarbiyachi ikki xil to‘g‘ri to‘rtburchak shakllarini ko‘rsatib, qaysi rang kun tushunchasiga mos ekanini so‘raydi.



Nima uchun? Kunduz kuni odamlar va hayvonlar nima ish qiladilar? Oq to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga kunduz kuniga mos mayda hajmdagi tasvirlar qo‘yiladi. Bularni ko‘rishga bizga nima yordam beradi? YOrug‘lik! YOrug‘lik qaerdan keladi? Quyoshdan.

Keling tasavvur qilib ko‘ramiz Quyosh yorug‘lik tarataverib charchaydi va o‘zi bilan yorug‘likni olib ketadi. Quyosh berkinib, dam olgani ketganda odamlar va hayvonlar uyquga ketadi. Tunda osmonda quyosh o‘rniga nima paydo bo‘ladi? (Oy). SHunda er yuzida tun boshlanadi. Biz qorong‘uda ko‘ra olamizmi?

Qora katta hajmli to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga qorng‘ulikdagi tasvirlarni quyib chiqamiz. Ular yaxshi ko‘rinayaptimi? (ularni oq to‘g‘ri to‘rtburchakdagi rasmlar bilan taqqoslanadi)



Demak, biz qorong‘ida predmetlarni yaxshi ko‘ra olmaymiz.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling