Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga oldilaridagi qutidan eng katta doira shaklini olib oldilariga qo‘yishlarini aytadi. SHu doira ichiga yana biroz kichikroq yana undan kichikroq va nixoyat eng kichik doirani ustma-ust qilib qo‘yishlarini aytadi. Bolalar ularni taqqoslab chiqadilar va o‘z fikrlarini bildiradilar. SHu tarzda boshqa shakllar ham qo‘yib chiqiladi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “SHakl yasa”.
Tarbiyachi bolalarni 4 guruhga bo‘lib 4 joyga joylashtiradi. 1-guruhga 10 ta tayoqcha, 2-guruhga 8 ta tayoqcha, 3-guruhga 6 ta tayoqcha, 4-guruhga 4 ta tayoqcha beradi. Har bir guruh tarbiyachining buyrug‘idan so‘ng oldidagi tayoqchalardan kvadrat shaklini yasaydi. Natijada to‘rt xil katta-kichik shakllar paydo bo‘ladi. Bolalarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bajarganliklari tekshirib chiqiladi. Guruhlar o‘rni o‘zgartirilib o‘yin yana shu shart bilan davom etadi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Sizningcha eng katta shakl qaysi buyumda aks etgan?
Sizningcha eng kichik shakl qaysi buyumda aks etgan?
Xonamizda 2 ta bir xil shakl bormi?
Uchta doira shaklidan kattasini toping.
-
5 ta uchburchak shaklidan eng kichigini toping.
-
Faoliyat yakunida bolalarni rag‘batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |