Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi turli kattalikda bo‘lgan doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, ovallarni sanoq doskasiga terib chiqadi.
Tarbiyachi: –Bolajonlar, doskada doira shakllari joylashgan. Ularning kattaligi har-xil. Mana bu katta doira, bunisi esa eng kichik doira. Ular bir-biriga o‘xshaydimi?
Tarbiyachi har bir shaklni qiyoslab, ularni turli o‘lchamda bo‘lishi haqida tushuncha beradi.
Biz yashayotgan erimiz dum-dumaloq, ya’ni shar shaklida. Erimiz juda katta bo‘lgani uchun biz uni ko‘ra olmaymiz. Bu qo‘limdagi shar kichkina, uni biz ko‘rib turibmiz.
Tarbiyachi turli o‘lchamdagi shakllar to‘g‘risida tushuncha beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |