Ishlanmalari


Download 0.79 Mb.
bet81/110
Sana14.11.2021
Hajmi0.79 Mb.
#174079
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110
Bog'liq
O‘RTA GURUH

Son va sanoq



Mavzu: 10 sonining hosil bo‘lishi bilan tanishtirish va 10 gacha ketma-ket va tartib bilan sanashga o‘rgatish
Maqsad:

  • Bolalarni 10 sonining hosil bo‘lishi bilan tanishtirish.

  • 10 ichida ketma-ket va tartib bilan sanashni mashq qildirish.


Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalar 10 ichida tartib bilan sanashga o‘rganadilar.

  • Bolalarda mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlari shakllanadi.


Kerakli jihozlar:

  • rasm (har bir bolaga).

  • Tovuq, jo‘ja shakli yoki o‘yinchoqlar.

  • 20 ta tayoqchalar.


Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir sizlarga Sardorbek degan bola haqida gapirib beraman. Sardorbek juda ham odobli, aqlli bola ekan. U hayvonlarni, qushlarni, gullarni, daraxtlarni juda yaxshi ko‘rar ekan. Hayvonlarga, qushlarga ozor bergan, gullarni, daraxtlarni sindirgan bolalar bilan do‘st bo‘lmas ekan.

Sardorbek tovuq boqishni juda yaxshi ko‘rar ekan. Uning bitta tovug‘i anchadan buyon jo‘ja ochmoqchi bo‘lib tuxumlarini bosib yotar ekan. Tuxumlar 10 ta ekan. Sardorbek har kuni tuxumlardan jo‘ja chiqdimikin deb poylar, lekin hech jo‘ja chiqay demas ekan. Bir kuni Sardorbek uyqudan uyg‘onib bet-qo‘llarini yuvayotsa “chi-chi-chi” degan ovoz eshitilibdi. Sardorbek yugurib tovuqning oldiga borsa 3 ta jo‘ja “chi-chi” deb turgan ekan. U juda quvonib ketibdi. Jo‘jalari juda ham chiroyli ekan (jo‘ja tasviri ko‘rsatiladi). Jo‘jalar qanday rangda ekan? To‘g‘ri, jo‘jalar sariq rangda ekan.

Oradan 1 kun o‘tib yana ikkita jo‘ja tuxumdan chiqibdi. Jo‘jalar soni nechta bo‘libdi? To‘g‘ri, jo‘jalar soni 5 ta bo‘libdi. Oradan bir kun o‘tib yana 3 ta jo‘ja tuxumni ochib chiqibdi. Qani bolalar sanaylikchi, jo‘jalar soni nechta bo‘ldi ekan? 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8. Barakalla, jo‘jalar 8 ta bo‘libdi. Sardorbek qolgan tuxumlardan ham jo‘jalar tezroq chiqishini kutibdi. Ertasiga qarasa 1 ta jo‘ja tuxumdan chiqibdi. Jo‘jalar 9 ta bo‘libdi. Endi bitta tuxum qolibdi, Sardorbek undan qachon jo‘ja chiqar ekan deb poylayverib charchabdi.

Opasi: Endi bu tuxumdan jo‘ja chiqmasa kerak, uni tashlab yubora qol, degan ekan, Sardorbekning tuxumni tashlab yuborgisi kelmabdi. Axir uning ichida jo‘ja bo‘lishi mumkin. Oxiri bir kun 10-jo‘ja ham chiqibdi. Sardorbek juda ham xursand bo‘libdi, Sardorbek jo‘jalarini juda ham ehtiyot qilib boqibdi. Bir kuni jo‘jalarining oldidan mushuk yugurib o‘tib ketibdi. Sardorbek darhol jo‘jalarining oldiga yugurib borib ularni sanab ko‘ribdi: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10. Ha, hammasi bor ekan. Bolalar, sizlar ham Sardorbekka o‘xshab jonivorlarni, gullarni, daraxtlarni yaxshi ko‘rasizlarmi? Juda yaxshi.

Tarbiyachi 10 soni katta qilib yozilgan kartochkani bolalarga yaxshi ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yadi va tushuntiradi: Bolajonlar, mana bu son –10.


10


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling