Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga kecha nima ishlar qilganliklarini gapirib berishlarini aytadi.
Bolalar kechagi kunlari qanday o‘tganligini gapirib beradilar.
Tarbiyachi yana bolalarga: “Bugun ertalab yuz-qo‘lingizni yuvdingizmi?”, “Bugun bog‘chaga kim bilan keldingiz?”, “Bugun ertalab badantarbiya qildingizmi?”, “Ertaga nima qilmoqchisiz?” kabi savollar beradi va bolalar javob berishadi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Kecha, bugun, ertaga”.
Tarbiyachi: Men sizlarga bo‘lgan voqealarni tasvirlab gapirib beraman. Sizlar mening tasvirlab gapirgan gaplarimga e’tibor berib, bu qaysi vaqtda bo‘lganini topasizlar. Agar kecha bo‘lib o‘tgan voqealarni gapirsam “kecha” deb qo‘llaringizni ko‘tarib chapak chalasizlar, bugungi kunni gapirsam qo‘llaringizni pastga tushirib chapak chalib “bugun” deysizlar, ertangi kun haqida gapirsam sakraysizlar.
Biz tushlikka karam sho‘rva va osh edik (kecha).
Ertalab tursam quyosh chiqib ketibdi, kechagi kunga o‘xshab yana kech qolmay deb, shoshilib bog‘chaga keldim (bugun).
Men juda charchab uyga bordim (kecha).
Bugungiday erta kelinglar-a bolalar (ertaga).
Zilola qizil ko‘ylagini kiyib kelyapti (bugun).
.......
O‘yin shu tartibda davom etadi, agar bolalar ham kunlarni ta’riflashni xohlasalar ularga ham so‘z berish mumkin.
Faoliyat yakunida bolalarni rag‘batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |