Bolalar bilimlarini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. 9 soni kattami, 10 sonimi?
2. 8 ga nechani qo‘shsak 10 soni hosil bo‘ladi?
3. 9 ga nechani qo‘shsak 10 soni hosil bo‘ladi?
4. 10 ta kitob ko‘pmi yoki 10 ta koptok?
5. Ikki qo‘limizda nechta barmoqlar bor?
Faoliyat yakunida bolalarni rag‘batlantirish.
Miqdor(kattalik)
Mavzu: Eng keng, torroq va eng tor haqida tushuncha berish
Maqsad:
Bolalarning kattalik haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Eng keng, torroq, yana torroq va eng tor tushunchalari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va farqlashga o‘rgatish.
Nutqida “eng keng”, “torroq” va “eng tor” tushunchalari haqida ma’lumot berish
Do'stlaringiz bilan baham: |