Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet19/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Bolalar uchun amaliy ish.

Tarbiyachi: Bolajonlar, qo’lingizdagi qog’ozga men aytgan tarafga qarab chiziqlar chizasiz. Chiziqlar chizishda mana bu tayoqchalardan foydalanamiz. Natijada nimaningdir rasmini chizamiz. Demak, boshladik:
1-qog’ozning pastki chap tomonidagi nuqtadan o’ng tomonidagi nuqtagacha, ya’ni shkaf tomonga uzun tayoqcha yordamida chiziq chizing.
2-chizilgan chiziqning chap tomonidagi uchidan yuqoridagi nuqtagacha, doska tomonga qaratib kalta tayoqcha yordamida chiziq chizing.
3-birinchi chizgan chizig’imizning o’ng tomonidagi uchidan yuqoriga doska tomonga kalta tayoqcha bilan chiziq chizing.
4-kalta tayoqchalar bilan chizgan chiziqlarimizning uchini birlashtiring. Bunda chapdagi chiziqning uchidan o’ngdagi chiziqning uchiga chiziq chizing.

. 4
2 3


. 1 .




Bolajonlar, qanday geometrik shakl hosil bo’ldi?



Bolalar: To’rtburchak.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Qaerga borasan va nimani topasan?”.
Kerakli jihozlar: Turli o’yinchoqlar.
O’yin mazmuni. Tarbiyachi o’yinchoqlarni xonaning turli joylariga: boladan o’ng tomonga raketani, chap tomonga-koptokni, bolaning oldiga qo’g’irchoqni qo’yadi, uning orqasiga – mashinani qo’yadi va shunday deydi: “Oldinga borsang- qo’g’irchoqni topasan, o’ngga borsang raketani topasan, chapga borsang-koptokni topasan, orqaga borsang-mashinani topasan”. “Sen qayoqqa borasan va nimani topishni istaysan?”
O’yin 5-6 minut davom etadi.

Bolalar bilimini oshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. O’ng tomonningizda qanday jihoz turibdi?
2. Chap tomoningizda nima bor?
3. Oldingizda qaysi jihoz turibdi?
4. Orqangizda qaysi o’yinchoq turibdi?
5. O’ng va chapni farqlashni o’rganib oldingizmi?

Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.





Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling