Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, sonlarni sanog’i to’g’ri keladigan suratlar bilan tutashtiring.
Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, topshiriqni hamma juda yaxshi bajardi. Endi o’rnimizdan turib 10 marta sakraymiz, 10 marta o’tirib-turamiz.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Topgan topaloq”.
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir sizlarga sonlar haqida topishmoqlar aytaman. Men qaysi son haqida topishmoq aytganligimni topasiz, qaysi son ekanligini aytib, kartochkani ko’rsatasiz.
To’nkarilgan stulga
O’xshab ketar bo’y-bastim
Otim “yaxshi” 4 ta harf
Besh mening yaqin do’stim. (4)
Noldan keyin turaman
Chizg’ichingga qarab boq.
Sonlar ichra doimo
Birinchiman ey o’rtoq. (1)
Bilimingni baholab
Noiloj ko’nikaman.
Qachon “4”ga etar deb
Ko’z tikib toliqaman. (3)
Qomatimni ko’rganlar
Qiyos qilar oq qushga.
Mendan dir-dir titraydi
Ixlosi yo’q o’qishga. (2)
Shapka kiyib boshimga
Belbog’ga boylanganman.
Xizmatiga tayyorman
Mehnatsevar o’rtoqning. (7)
Koptok misol qornimni
Soyabonga olaman.
Bir, ikki, uch, o’zimga
Teng bo’lina qolaman. (6)
Rassom chizar o’xshatib
Yuk ko’targich ilmoqqa.
Men muallim sovg’asi
Bilimdon har o’rtoqqa. (5)
Ipak qurt pillasiday
Qo’sh halqaman mustahkam.
O’zgarmas qiymat shaklim
O’ng-ters bo’lib tursam ham. (8)
Qo’shni bo’lib, ko’paydik
10 hissaga bir va nol.
Hisoblaymiz sanaymiz
Berib doim qo’lga-qo’l. (10)
Shaklim o’xshash vergulga
Oltiga qarindoshman.
Bir xonali sonlarga
Shu yoshdan karvonboshman. (9)
Tarbiyachi: Bolajonlar, “Topgan topaloq” o’yinida juda yaxshi qatnashdingiz, barakalla.
Endi yana bir marta sonlarni ko’rsataman, sizlar xor bo’lib qaysi son ekanligini aytasizlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |