Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. 3 va 5 soni o’rtasidagi sonni ko’rsating.
2. 6 dan keyingi sonni ko’rsating va nomini ayting.
3. 9 dan keyin qaysi son keladi?
4. 7 dan oldingi sonni ko’rsating va nomini ayting.
5. 8 va 10 orasidagi sonni ko’rsating va nomini ayting.
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Geometrik shakllar
Mavzu: Tayoqchalar yordamida turli muammoli vazifalarni hal qilishni o’rgatish
Maqsad:
Kutilayotgan natijalar:
Ma’lum miqdordagi tayoqchalardan turli geometrik shakllar yasash va shakllar ko’rinishini aytilgan sondagi tayoqchalarni olish yo’li bilan o’zgartirishni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan tayoqchalardan turli shakllarni, buyumlarni yasashni o’rgangan edik. Bugun yana tayoqchalardan turli shakllarni yasaymiz va tayoqchalardan yasalgan uycha hamda kalitchadan tayoqchalarni olish yo’li bilan ko’rinishini o’zgartirishni o’rganamiz.
Har birimizda nechta tayoqcha bor? Birgalikda sanab, tayoqchalarning qanchaligini bilib olamiz: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10. Tayoqchalarimiz nechta ekan?
Bolalar: 10 ta
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir sizlarning stollaringizga geometrik shakllardan birini qo’yaman. Sizlar 10 ta tayoqchadan shu shaklni yasaysizlar. 1-stoldagilar doira shaklini, 2-stoldagilar uchburchak shaklini, 3- stoldagilar to’rtburchak shaklini, 4-stoldagilar kvadrat shaklini, 5-stoldagilar oval shaklini yasaydilar. Endi yasagan shakllarimizni o’zgartiramiz va hammamiz uchburchak shaklini yasaymiz. Endi kvadrat yoki to’rtburchak shaklini yasaymiz. Ulug’bek, sen qaysi shaklni yasading? Kamol, sen-chi, qaysi shaklni yasading? Endi hammamiz doira shaklini yasaymiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi muammoli topshiriqni hal qilishni o’rganamiz. Hammamizda 10 ta tayoqcha bor, to’g’rimi? 10 ta tayoqchaga yana bitta tayoqcha qo’shsak, tayoqchalar 11 ta bo’ladi. 11 ta tayoqchadan mana bunday uycha yasang. 1 ta tayoqchani olib shunday qo’yingki, uycha boshqa tomon bilan qarasin.
Javob:
Do'stlaringiz bilan baham: |