Kutilayotgan natijalar:
Yonma-yon turgan sonlar orasidagi munosabatlarni o’rganadilar (10 gacha bo’lgan sonlar ichida).
Bolalar bitta oldingi son, keyingi sondan kichikligini va bitta keyingi son oldingisidan kattaligini bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:
Sonlar tasvirlangan kartochkalar (bo’yi 10sm, eni 10sm).
Kichik o’lchamdagi geometrik shakllar to’plami.
Kichik o’yinchoqlar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni yozuvda farqlashni, to’g’ri va teskari sanashni o’rganib oldingiz. 1 dan 10 gacha bo’lgan yonma-yon turgan sonlarning orasidagi munosabatlar haqida ham bilasizlarmi?
Bolalarning har biriga kartochkalar va geometrik shakllar beriladi. Tarbiyachi sonli kartochkani ko’rsatadi va kartochkada qaysi son tasvirlangan bo’lsa, bolalar o’zlaridagi kartochkaning yuqori qatoriga shuncha doira shaklini terishadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, kartochkada qaysi son tasvirlangan?
Bolalar: 1.
Tarbiyachi: To’g’ri, demak siz 1 ta doira shaklini kartochkangizning yuqori qatoriga sanab qo’yib chiqing. (Tarbiyachi ikkinchi kartochkani ko’rsatadi). Bolajonlar, keyingi qatorga mana bu songa teng bo’lgan kvadratlarni terib chiqing. Nechta kvadratni terib chiqdingiz?
Bolalar: 2 ta kvadratni.
Tarbiyachi: Keyingi qatorga mana bu kartochkadagi son miqdorida uchburchaklarni terib chiqing. Nechta uchburchak terib chiqar ekansizlar?
Bolalar: 3 ta uchburchaklarni terib chiqamiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar, 1 2 dan 1 ta kichik, 2 1 dan 1 ta ortiq. 2 3 dan 1 ta kichik, 3 2 dan 1 ta ortiq. Agar kichik songa 1 ta qo’shilsa, keyingi son hosil bo’ladi. Katta sondan 1 ta olinsa, oldingi kichik son hosil bo’ladi.
Xuddi shu tarzda 10 gacha bo’lgan sonlar orasidagi munosabatlar tushuntirib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |