Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet28/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalar doira va oval shakllarining xususiyatlarini, xossalarini bilib oladilar.


  • Bolalar doira va ovalning o’xshash va farqli jihatlarini aniqlash usullarini o’rganadilar.




Kerakli jihozlar:
  • Doira (diametri 15 sm) va oval (diametri 12x15 sm) shakllari.


  • Doira va ovallar tasvirlangan kartochkalar (bo’yi 8 sm, eni 12 sm).


  • Katta doiralar va ovallar, har xil kattalikdagi doirachalar va ovallar.




Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, mana bu shakllar nima deb ataladi? (Bolalarning javobi). To’g’ri, bolajonlar, doira va oval shakllari.
Bolajonlar, doira va oval shaklining qanday o’xshash va farqli jihatlari bor? Buni aniqlash uchun doira va oval shakllarini bir-biri bilan taqqoslab ko’ramiz. Doira va ovalning chetidan barmoq yuritib chiqamiz. Bolajonlar, doira va ovalda burchaklar yo’q, ular dumaloq uzluksiz chiziqdan hosil bo’lgan. Doirani dumalatsak juda yaxshi dumalaydi. Oval bo’lsa uncha yaxshi dumalamaydi.
Demak oval va doira shakllarining o’xshash jihatlari: ikkalasining ham burchagi yo’qligi, shaklining dumaloqligi.
Endi farqli jihatlarini aniqlash uchun oval va doirani bir-birining ustiga qo’yamiz. Oldin doirani ovalning ustiga qo’yamiz, keyin ovalni doiraning ustiga qo’yamiz. Ular bir xil ekanmi? Ular biri-biridan farq qiladi. Buni aniqlash uchun doiraning o’rtasini topib nuqta qo’yamiz.
Doira yuqoriga, chapga, o’ngga bir xil kengayganmi yoki har xilmi? (Bolalarning javobi)
Ovalning ham o’rtasiga nuqta qo’ying va yuqoriga, pastga, o’ngga, chapga bir xil kengayganmi yoki har xilligini tekshirib ko’ring. (Bolalarning javobi)
Bolajonlar, doira va ovalning farqi nimada ekan? (Bolalarning javobi). To’g’ri bolajonlar, doira barcha tomonlarga bir xil kengaygan. Oval bo’lsa yuqoriga va pastga kamroq kengayadi, chapga va o’ngga ko’proq kengayadi.

Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling