Ishlanmalari


Mavzu: 10 gacha bo’lgan narsalarning tartibini sonlar yordamida ifodalashni o’rgatish


Download 156.34 Kb.
bet32/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Son va sanoq

Mavzu: 10 gacha bo’lgan narsalarning tartibini sonlar yordamida ifodalashni o’rgatish




Maqsad:
  • 10 gacha bo’lgan sonlarni yozuvda farqlashni o’rgatish.




Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalar 10 gacha bo’lgan sonlarning yozilishi bilan tanishadilar.


  • Bolalarning miqdor, kattalik va fazoviy tasavvurlari rivojlanadi.


  • Bolalarda mustaqil ravishda savollar tuzish va javob berish ko’nikmalari shakllanadi.




Kerakli jihozlar:
  • Flanelograf.


  • Yassi rangli tayoqchalar.


  • Hayvonlarning rasmlari (o’lchami 5x5 sm).


  • 1 dan 10 gacha raqamlar.





Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, sayohatni yoqtirasizlarmi?

Bolalar javobi.

Tarbiyachi: Bo’lmasa topingchi, bugun biz sayohatga qanday transportda boramiz?

Uzun narvon,

Ustida karvon. Bu nima?

Bolalar javobi: Bu poezd.

Tarbiyachi: Qani o’zimizning poezdimizni tayyorlaylikda, yo’lga chiqaylik. (Tarbiyachi flanelografda ko’rsatib bajaradi). Rangli tayoqchalardan “poezdingizni” tuzing. Eng kaltasidan-eng uzunigacha tayoqchalarni birin-ketin bir chiziqqa tuzib chiqing. Birinchi vagonni sariq rangdagi tayoqchadan qilamiz. Keyingi vagonlar to’q sariq, och yashil, to’q yashil, qizil, to’q qizil, och ko’k, to’q ko’k, binafsha, kulrang. Poezdlarni tuzib oldingizmi? Unda ketdik.

Poezdlaringizda nechta vagon bor. Sariq vagon nechanchi? Oltinchi vagon qanday rangda? Och yashil va qizil vagonlar o’rtasida qanday vagon bor? Och ko’k vagonning chap tomonida turgan vagon qanday rangda? O’ng tomondagisichi? Vagonchalaringizni chapdan o’ng tomonga tartib bilan sanab chiqing. Endi o’ng tomondan chapga qarab sanang.

Vagonlarning uzunligini aytaman, siz ularni ko’rsatasiz. Eng uzun, kaltaroq, eng kalta. Endi teskarisini aytamiz: eng kalta, uzunroq, eng uzun. (Bolalar savollarni davom ettiradilar).

Poezd vagonlariga raqamlar qo’yingchi. (Bolalar har bir “rangli tayoqcha” yoniga to’g’ri keladigan raqamlarni qo’yadilar).



Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling