Ishlashda texnologik jihozlar xavfsizligi
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 43.91 Kb. Pdf ko'rish
|
71-76
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-29, Issue-1, March - 2023 75 1.3-sxema. Gazlamani surish mexanizmlari turlari. Tikuv mashinalari bilan ishlashda texnologik jixozlar xavfsizligi. Xavfsizlik texnikasi-mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan chora- tadbirlar majmuyidan iborat. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish noxushliklar yoki baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. Tikuvchilik ustaxonasida talabalar uchun bu qoidalar asosan ikki guruhga bo’linadi. 1-guruh; Qo’l va mashina operatsiyalarida ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishi kerak; – mashinalar, asbob va moslamalarning ishga yaroqligi tekshirib turiladi.Ish boshlashdan oldin ish o’rni saromjonlanib olinadi. Mashinada barmoqqa igna kirib ketishini oldini oligan saqlagich, yuritgich tasma to’sig’I, mashinani ishga tushirish joylarida izolatsiya g’iloflari bor-yo’qligi tekshirib ko’riladi va hakozo; – elektr simlariga ip, latta yoki shu kabi boshqa mayda buyumlarni osmaslik lozim, aks holda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darhol elektroayvandlagichga xabar berish,ochilib qolgan simlarga qo’l tekgizmaslik kerak; – ishlayotgan mashina ustidan narsalarni uzatish mumkin emas; – elektr yuritgichni o’chmasdan mashinaga moy surtish, tozalash,ignasini almashtirish, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi; – ish o’rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo’ymasligi kerak; –ish o’rinlari orasidagi yo’lni to’sib qo’ymaslik lozim. Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilish kerak; –elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolatsiyasi tekshirib ko’rilishi lozim; –dazmol, shtepsel rozetkasi, vilkaning tok o’tkazuvchi qismlariga qo’l tekkizish mumkin emas; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling