Қишлоқ хўжалигида кичик корхоналарни ривожлантириш йўналишлари


Download 181 Kb.
bet1/6
Sana12.03.2023
Hajmi181 Kb.
#1263124
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-мавзу Tutash-avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli


III BOB. TUTASH-AVLODLAR IQTISODIY O‘SISH MODELI
O‘quv maqsadi: firmalar, ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlar va kapitalga bo‘lgan talab. kapital turlari, uy xo‘jaliklari va uy xo‘jaligida jamg‘armalar va ularning kapital oqimiga ta’sirlari, raqobat munosabatlarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri, rivojlanayotgan Iqtisodiyotda raqobatning ahamiyati, inson omili va inson kapitali, turli davrlarda ishlab chiqarish jarayonlari va ularning o‘zaro aloqadorligi to‘g‘risida tushuncha, ularning mazmunini aniqlashga doir nazariy bilimlarni shakllantirishdan iborat
Tayanch iboralar: firmalar, ishlab chiqarish, kapital, uy xo‘jaligi, raqobat, inson omili, inson kapitali, eksport, import, kredit
3.1.Firmalar, ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlar va kapitalga bo‘lgan talab
Ishlab chiqarish jarayoni kuzatilayotganda ko‘rish mumkinki, mahsulot ishlab chiqarishda xomashyo, ish kuchi, texnika vositalari, elektr energiyasi, asosiy fondlar va boshqa resurslar bevosita qatnashadi va mahsulot hajmiga ta’sir etadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot bilan unga sarflangan resurslar orasidagi bog‘lanishni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq deb qaraladi. Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning pirovard maqsadini va aholi turmush darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste’mol va investitsiya o‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining ortishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytiradi. Oqibatda iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi. Iqtisodiy o‘sish real miqdorlarda va qiyosiy baholarda o‘lchanadi.
Iqtisodiy o‘sishni YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash, baholashning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash, uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar (real YAIM va aholi jon boshiga real YAIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu sababli aholi turmush darajasining haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab bera olmaydi; ikkinchidan, real YAIM va aholi jon boshiga YAIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va aholi real turmush darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof-muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.
Shunga qaramasdan, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi YAIM yillik o‘sish sur’atlarining foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi:
DY = Y1 - Y0 Ch100% ,
Y0
bu yerda: DY –iqtisodiy o‘sish sur’ati, foizda;
Y0 - taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YAIM hajmi;
Y1 - joriy davr (yil)dagi real YAIM hajmi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, “iqtisodiy o‘sish” hamda “iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari o‘rtasida farq mavjud bo‘lib, “iqtisodiy o‘sish” ne’matlarni ishlab chiqarishning miqdoriy jihatdan ko‘payishini ifodalab keladi. Iqtisodiy rivojlanish - iqtisodiy o‘sishga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u nafaqat ishlab chiqarishning ortishini, balki uning kamayishini hamda iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni ham ifodalab keladi. Iqtisodiy rivojlanish ko‘p tomonli jarayon hisoblanadi hamda texnik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Har bir mamlakat barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat nufuzining oshishiga olib keladi.
Bundan tashqari aynan barqaror iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omil resurslarni ham hisobga olish lozim. Ular guruhiga quyidagilar kiradi: tabiiy resurslar miqdori va sifati; mehnat resurslari miqdori va sifati; asosiy kapital hajmi; texnologiyalar.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, mavjud resurslar (yoki ishlab chiqarish omillari) iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun to‘liq 100 foiz jalb qilina olmaydi. Bunga sabab, institsional mexanizmlar yetarlicha rivojlanmaganligi va transaksion xarajatlarning yuqoriligi hisoblanadi.
O‘zbekistonda moddiy boyliklar va xizmatlarni ishlab chiqarish dinamik (barqaror) xarakterga ega bo‘lishi bir tomondan, ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi, ulardan samarali foydalanish va ilmiy-texnika rivojiga erishishga, ikkinchi tomondan mavjud resurslarni o‘zlashtirish imkoniyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Shu bilan bir vaqtda ichki kapital tanqisligining mavjudligi, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tashqi iqtisodiy omillarning, xususan, birinchi navbatda xorijiy investitsiyalar va kreditlarning rolini yanada orttiradi.
Mamlakatimizda barqaror ishlab chiqarish o‘sishining muhim omillari sifatida quyidagilarni e’tiborga olish tavsiya etiladi:

  • barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qulay institsional muhit va davlat ko‘magini yaratish;

  • iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy islohotlarning yanada chuqurlashtirish uchun ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishini institsional mexanizmlarini takomillashtirish;

  • iqtisodiyotni yanada erkinlashtirilishi va modernizaцiya qilish jarayonlarini faollashtirish;

  • iqtisodiyot tarmoqlarida mahalliylashtirish jarayonlarini kengaytirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga berilayotgan imtiyoz va rag‘batlarni kengaytirish orqali aholining asosiy qatlamini iqtisodiy faollikka jalb qilish;

  • moddiy-texnik resurslar hamda tayyor mahsulotlarni sotish va sotib olish tizimini erkinlashtirish;

  • korxonalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga davlat nazorati organlari aralashuvini yanada qisqartirish va boshqalar.

Takror ishlab chiqarish omillari asosan jamg‘arilgan mehnat miqdori bir tarafdan iqtisodiy o‘sishga sabab bo‘lsa, ikkinchi tarafdan asosiy ishlab chiqarish fondlari, qo‘llanilayotgan texnologiya hamda foydalanilayotgan materiallarga bog‘liq hisoblanadi. Shuning uchun butun jamg‘arilgan mehnat, uning ayrim qismlari xo‘jalik faoliyatining qaysi sohalarida va qanday shakllarda to‘plangan bo‘lmasin, ularni faqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi tashqi omillar sifatida qarash mumkin emas, chunki ular iqtisodiy o‘sishning natijalaridir.
Iqtisodiy o‘sishning an’anaviy omillaridan farqlash uchun jamg‘arilgan mehnatni iqtisodiy o‘sish omili deb yuritamiz. Buning o‘rniga jamg‘arilgan mehnatni iqtisodiy o‘sishda ham sarf tarafdan ham ishlab chiqarish natijalari tarafidan ifodalovchi tushuncha sifatida kiritamiz.
Takror ishlab chiqarish omillari iqtisodiy o‘sishning yo‘nalishlararo munosabatlari ham miqdoriy, ham sifat jihatdan tekshiriladi. Bunda iqtisodiy o‘sishning yo‘nalishlararo munosabatlari rivojlanish darajalarida va bosqichlarida saqlanib qolish yoki qolmasligini aniqlashdan iboratdir. Bundan tashqari mavjud munosabatlarni barqarorlashtirish, o‘zgarish ahvollarini aniqlash va yo‘nalishlarini iqtisodiy o‘sish tarafiga yo‘naltirilishi lozim.
Takror ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi bog‘liqliklarning qaysi shakli yaxshi ekanligini iqtisodiy o‘sish va uning omillarining iqtisodiy ma’nolariga asoslanib o‘tkaziladigan bir va ko‘p tomonlama bog‘liqliklarning qiyosiy tahlili beriladi. Iqtisodiy o‘sish va uning omillari o‘rtasidagi bog‘liqliklar quyidagicha aniqlanadi. Takror ishlab chiqarishning omillari iqtisodiy o‘sish sarf-ishlab chiqarish shaklidagi bir taraflama bog‘liqlikda bo‘ladi. Milliy daromad va asosiy fondlar hamda ishchi kuchlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar Yuqoridagi bir taraflama bog‘liqliklarning tipik ko‘rinishi hisoblanadi. Bunda mehnat va asosiy fondlar ishlab chiqarishga sarfni bildirsa, milliy daromad qilingan sarflarning natijasi sifatida qaraladi. Ammo milliy daromad va mehnat hamda asosiy fondlar o‘rtasida esa ko‘p tomonlama bog‘liqliklar mavjud bo‘ladi.
Takror ishlab chiqarish omillari tahlili shuni ko‘rsatadiki, ma’lum davrlarda milliy daromad mavjud asosiy fondlar miqdorlariga bog‘liq bo‘lsa, shu davrda asosiy fondlarning o‘zlari ham milliy daromadning bir qismi hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sish va uning omillari o‘rtasida bir martalik bog‘liqliklar ham mavjudligini taxmin qilinadi. Masalan, shu davrda milliy daromad miqdori mehnat sarfining miqdori va sifati bilan belgilansin. Ikkinchi tomondan, mehnat sarfi ham milliy daromaddan alohida amalga oshirilmaydi. Bunda birinchi holda bog‘liqlikning ishlab chiqarish va ikkinchi holda esa taqsimot tomoni ta’kidlanadi (2-jadval).

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling