Қишлоқ хўжалигида кичик корхоналарни ривожлантириш йўналишлари


Download 181 Kb.
bet3/6
Sana12.03.2023
Hajmi181 Kb.
#1263124
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-мавзу Tutash-avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli

( ) =e( - ( )) ®min 2 F x y f x ™
Regressiya tenglamasi to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, bog‘liqlikning nazariy formasi o‘rganilayotgan aloqa qonuniyatlarini juda aniq aks ettiradi.
Ishlab chiqarish funksiyalari matematik tasvirlash tipiga ko‘ra chiziqli, darajali, parabolik, ko‘rsatkichli va hokazo bo‘lishi mumkin. Bu funksiyalarning ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
1. Chiziqli funksiya:
y = k + k x 0 1 1 .
Bu funksiya bir jinsli bo‘lib, omil-dalillarning doimiy limitli samaraliligi bilan xarakterlidir. Umuman iqtisodiyot uchun chiziqsiz aloqa ham xarakterli bo‘lib, ma’lum doiralardagina chiziqli holatga, ya’ni (7) ko‘rinishga keltiriladi.
2. Darajali funksiya:
b y = ax ,
bu yerda: u - ishlab chiqarilgan mahsulot; x - ishlab chiqarish resurslari sarfi;
b - ishlab chiqarish samaradorligining o‘zgarish ko‘rsatkichi; a – erkin parametr.
Mazkur funksiya qo‘shimcha mahsulotning qo‘shimcha xarajat birligiga nisbatan doim o‘sib yoki kamayib borishini nazarda tutadi, biroq u qo‘shimcha mahsulotning ayni bir vaqtda kamayishi va o‘sib borishiga yo‘l qo‘ymaydi. Buni funksiyaning birinchi tartibli hosilasida ko‘rish mumkin:
-1 o‘ = b y bax .
3) Kobba-Duglas ko‘rinishidagi darajali funksiya eng ko‘p tarqalgan va universal funksiya hisoblanadi. U quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi;
X =
=
n
i
i
i x ay
1
, a
bu yerda: u - natijaviy ko‘rsatkich; xi - erkin o‘zgaruvchi miqdor; a, ai – o‘zgarmas miqdorlar; Π - ko‘paytirish operatori.
Bu funksiya parametrlari bir vaqtni ichida elastiklik koeffisientlariga teng. Elastiklik koeffisientlarining iqtisodiy mazmuni shundan iboratki, ular mustaqil o‘zgaruvchilar (x) bir foizga o‘zgarganda, natijavyi ko‘rsatkich (u) qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi. Darajali funksiyani xarajatlar o‘rtacha bo‘lganda resurslarning unumdorligi tadqiqotchini qiziqtirgan vaqtda qo‘llanish nazarda tutiladi. Uning formasi mahsulot chiqarishda ma’lum resurslar - mehnat, ishlab chiqarish fondi va tabiiy resurslarning ishtirokini shart qilib qo‘yuvchi xususiyatlarni aks ettiradi. Bu mazkur funksiyaning xilma-xil iqtisodiy jarayonlarni bayon qilishda universal qo‘llanilishini belgilaydi.
Ishlab chiqarish funksiyasining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
= ( , ,..., ) +e 1 2 n Y f x x x (1)
bu yerda: Y - mahsulot chiqarish hajmi; x1, x2,..., xn - ishlab chiqarish omillari; e
- tasodifiy xato.
Prognozli tadqiqotlarni tashkil etish ishning analitik bosqichi hisoblanadi, prognozlash metodologiyasida esa kelajakning hozirgi va o‘tgan davr bilan genetik aloqasini ochib berish uchun xizmat qiladi.
Prognozlash kelajakni shakllantiradigan hozirgi davrdagi omillarni aniqlashga hamda taraqqiyot omillariga faol ta’sir ko‘rsatadigan tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgandir.
Iqtisodiy prognozlash umumiy prognozlash tizimining maxsus bo‘limi bo‘lib, ijtimoiy fanlar kuzatadigan voqelikni o‘rganadi.
Iqtisodiy o‘sish jarayonlarini prognozlashning maqsadi - amaldagi ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlash va kelgusidagi ehtiyojlarni oldindan ko‘rishdan, jamiyat ijtimoiy tarkibini shakllantirish qonuniyatlarini, turmush tarzini takomillashtirish yo‘llarini ochib berishdan iboratdir.
Hozirgi kunda kelajakni prognozni 2 turi hayotga tadbiq etilgan: ilmiy baholash va noilmiy ko‘rabilish.
Noilmiy ko‘rabilishga turli taxminlar, har xil hayoliy sezgilar, ehtimollar va boshqa shunga o‘xshash asoslanmagan istiqbollarni bilish kiradi.
Ilmiy ko‘ra bilishni prinsipial farqi shundaki, hodisalarni ishonchli, ilmiy tasdiqlangan bo‘lishiga imkon tug‘diradi. Bu esa tizimlarni kelajakda boshqarishga va konkret qarorlar qabul qilishga asos bo‘ladi.
Kelajakni ilmiy baholashning turlari:
Oldindan aytib berish - bu kelgusidagi muammoni hal qilishning mumkin bo‘lgan yoki istalgan istiqbolda holatini bayon qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, oldindan aytib berish - kelgusida bo‘ladigan ma’lum jarayonlarning holati haqidagi ishonchli fikrni bildirishdir.
Oldindan ko‘ra bilish - tizimni rivojlantirishning qonuniyatlariga asoslangan, haqiqatni oldindan aks ettirishdir. Bu narsa tizimning kelgusidagi holati haqida ma’lum xulosa chiqarish imkonini beradi.
Prognoz - bu ehtimol yo‘nalishlar, ob’ektlar va hodisalarning rivojlanishi natijalari. Prognozlash - bu ob’ektni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlardir.
Rejalashtirish - bu aniq belgilangan maqsad, uni amalga oshirishning yo‘llari va tadbirlari, belgilangan xom ashyolar bilan ajralib turadi.
Reja - yakka yagona, ijrosi majbur bo‘lgan direktiv hujjatdir.
Shunday qilib, rejalashtirish, prognozlash, oldindan aytib berish, oldindan ko‘ra bilish - kelajakni baholashning ishonchlilik darajasiga qarab biri-biridan farq qiladi.
Oldindan aytib berish «Bo‘lsa kerak» ligini ifodalaydi. Prognozlash nima bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi; rejalashtirish - bo‘lishi shart degan ma’noni bildiradi.
Iqtisodiy prognozlash - bu iqtisodiy qonunlarga ilmiy yondashgan holda iqtisodiy tizimlarni prognozlarini tuzish jarayonidir. Iqtisodiy tizimni boshqarish sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin (1-rasm).
Avvalo iqtisodiy tizimni rivojlanishini maqsadi aniqlanadi. Quyidagi maqsadga kelajakda bo‘lishi mumkin holatlari o‘rganilib prognoz qilinadi. Eng samarali tanlangan rivojlanish variantlari, kompleks dasturlarni tuzilishiga informaцion baza sifatida qo‘llanib, prognoz qilingan holatga tizim erishish uchun, qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerakligini dastur ko‘rinishida tuzib olinadi. Bunday yondashish «Dastur» deyiladi. Maqsadni va bor imkoniyatlarni (resurslarni) solishtirish natijasida ilmiy asoslangan rejalar tuziladi va tizimni elementlariga yetkaziladi.
Shunday qilib, reja - faqat boshqarish mumkin bo‘lgan jarayonlarda qo‘llanadi. Masalan, ishlab chiqarishda rejani qo‘llash mumkin. Prognoz boshqarilishi mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan sohalarda qo‘llaniladi. Masalan: ob-havoni rejalashtirib bo‘lmaydi, uni prognozlash mumkin, demografik, ilmiy-texnika, tashqi iqtisodiy va boshqa jarayonlarni qisman ularni boshqarish, qisman rejalashtirish mumkin.
Prognozlash avvalo, rejalarning ilmiy asoslanganligini oshirish uchun taraqqiyot maqsadlaridan biriga erishishga qaratilgan konkret reja yoki kompleks dasturni tekshirish asosi tarzida qaraladi. Ishning bu bosqichi reja yechimlarining, shuningdek iqtisodiy tadbirlar tizimini o‘tkazish muddatlarining izchilligini tanlash va asoslash imkonini beradi.
Prognozlashni rejalashtirishning alternativ tarzidagi yordamchi vositasi deb hisoblaydigan ayrim mualliflar unga rejaning birmuncha ishonchli, direktiv rejalashtirish vazifalariga mos keladigan balans usulini qarama-qarshi qo‘yadilar. Darhaqiqat, balans - bu iqtisodiy hisob-kitoblar usuli bo‘lib, iqtisodiy-statistik, analitik va rejali ishlarning turli bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin. Prognoz - bu metodologiyada butun mantiqi va speцifikasi bilan maqsadli tematik tadqiqot bo‘lib, ham sifat, ham miqdor tahlillarini o‘z ichiga oladi hamda unda, rejali ishlab chiqarishning pirovard natijalaridan qat’iy nazar, mustaqil ilmiy ahamiyat ega:

  • prognozlar

  • dasturlar

  • rejalar

  • maqsadlar

  • resurslar

  • ishlab chiqarish komplekslari

  • axborot aloqalar

  • moddiy aloqalar kasb etadi. Uning ko‘rsatkichlar doirasi kelgusidagi rejaning ko‘rsatkichlari doirasidan jiddiy farq qilishi mumkin.

Prognozli tadqiqot yechimlarni asosli ravishda tanlash uchun juda foydali bo‘ladi va bunday jarayon tashqi sharoitlari muddatini bayon qilib beradi.
Prognozlash turlari.
1. Prognozlash masshtabiga ko‘ra makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy prognozlarga ajratiladi.
2. Tuzilish intervali bo‘yicha operativ, qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli prognozda faqat miqdoriy o‘zgarishlar e’tiborga olinadi. Uzoq muddatli prognoz ham miqdoriy, ham sifat o‘zgarishlarga asoslangan bo‘lib, o‘z o‘rnida o‘rta muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.
3. Prognozlash yo‘nalishlariga ko‘ra izlanishli va normativ bo‘lishi mumkin. Izlanishli prognoz – agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa, iqtisodiy tizim qanday rivojlanadi, degan savolga javob beradi. Boshqa so‘z bilan aytganda, tizimga ta’sir etuvchi omillar o‘zgarmasa, u qanday holatga kelishi mumkin?
Normativ prognoz bo‘lajak maqsadlarga erishish uchun tizimni rivojlanish yo‘nalishlarini va muddatlarini aniqlaydi (belgilaydi). Maqsad qilingan holatga tizim erishish uchun, ta’sir etuvchi omillarga qanday o‘zgarishlar kiritish zarur? Boshqa so‘z bilan aytganda qanday qilib maqsadga erishish mumkin?

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling