Қишлоқ хўжалигида кичик корхоналарни ривожлантириш йўналишлари
Download 344.5 Kb.
|
1-Мавзу Iqtisodiy o‘sish kursining mazmuni va vazifasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 1.1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni va turlari
I BOB. KIRISH: IQTISODIY O‘SISH O‘quv maqsadi: iqtisodiy o‘sish tushuichasi va rivojlanishi, iqtisodiy tushunchalar va ularniig mazmuni, iqtisodiy yondashuvlar, ikki tarmokli yondashuvlar, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tushuncha, ularning mazmunini aniqlashga doir nazariy bilimlarni shakllantirishdan iborat Tayanch iboralar: iqtisodiy o‘sish, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, ekstensiv, intensiv, talab, taklif, taqsimot, qisqa muddatli o‘sish, uzoq muddatli o‘sish, tabiiy resurs, moddiy resurs, moliyaviy resurs, tarmoq iqtisodiyoti, barqaror iqtisodiy o‘sish 1.1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni va turlari O‘sish (iqtisodiyotda) — mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr)larga nisbatan ko‘paygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining ko‘payishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy o‘sishni shart qilib qo‘yuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy o‘sish aholi turmush dara-jasini oshirishga, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy o‘sish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning ilg‘or tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy o‘sish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil qo‘paytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi. Iqtisodiy o‘sishni aniqlash va hisoblashda mamlakat Iqtisodiy taraqqiyotining eng umumiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yalpi ichki mahsu-lot (YaIM) asos bo‘lib xizmat qiladi va iqgisodiy o‘sishning muayyan davr mobaynida real YaIM hajmining ijobiy tomonga o‘zgarishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari YaIM o‘sish sur’atlarida o‘z aksini topadi. Iqtisodiy o‘sish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YaIM hajmining o‘zgarishi mamlakat Iqtisodiyoti holati va dinamikasi to‘g‘risida ma’lumot bersada, iqtisodiy o‘sishni to‘liq aks ettirmaydi. Mamlakat aholisining o‘sish sur’ati 3% ni, real YaIM ning o‘sish sur’ati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YaIM hajmi o‘sgan bo‘lsada, kishilarning daromadlari o‘zgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy o‘sishni to‘la-roq aks ettirish uchun boshqa bir ko‘rsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real YaIMning o‘zgarishi qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi 2020 yilda YaIM o‘sishi 2019 yildagi 5,8 % va 2018 yildagi 5,4 % ga nisbatan 1,6 % gacha sekinlashdi. Shu bilan bir vaqtda, YaIM deflyator indeksida ham 2019 yildagi 118,6 % va 2018 yildagi 127,5 % ga nisbatan 2020 yilda 111,9 % gacha sekinlashish kuzatildi. Download 344.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling