Қишлоқ хўжалигида кичик корхоналарни ривожлантириш йўналишлари


Download 344.5 Kb.
bet4/4
Sana07.03.2023
Hajmi344.5 Kb.
#1244633
1   2   3   4
Bog'liq
1-Мавзу Iqtisodiy o‘sish kursining mazmuni va vazifasi

1.2.1-jadval
O‘zbekistonda YaIM va asosiy tarmoqlar mahsulotlarining o‘sish sur’atlari oqimi yilga nisbatan % hisobida

Yillar


Кўрсаткичлар

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

Yalpi ichki mahsulot

103,8

104,2

104,2

104,4

107,7

107,0

107,3

Sanoat mahsuloti

106,4

108,1

108,5

106,2

109,4

107,3

110,8

Iste’mol tovarlari

107,7

110,9

111,8

108,4

113,4

117,7

120,6

Qishloq xo‘jalik mahsuloti

103,1

104,2

106,0

105,9

110,1

106,2

106,2

Qurilish ishlari

102,9

103,3

103,1

103,5

103,6

107,8

112,8

Chakana savdo

107,6

109,6

102,1

105,1

104,7

108,2

114,8

Aholiga pulli xizmat ko’rsatish

115,7

114,7

108,6

107,9

113,8

115,0

119,3



Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini xarakterlaydigan klimat ko‘rsatkichlar bir qator kamchiliklarga ham ega.
Birinchidan, ular mahsulot sifatining o‘zgarishini to‘liq aks ettirmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy darajasini to‘liq xarakterlab berolmaydi:

  • Ikkinchidan, real YAMMva uning aholi jon boshiga o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi.

  • Uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni qiymat ko‘rsatkichlarda miqdoriy hisoblash boshqa tomonlama uning atrof-muhitga va insonning hayot sharoitiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.

Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini xarakterlovchi jismoniy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat bo‘lib, ular ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda miqdori, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi va shu kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
a) Ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya’ni uning unumdorligi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat;
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperaцiyasi.
1.2.2-jadval
O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti tarmoqlari bo‘yicha YAIM ulushining o‘zgarishi (joriy baholarda YAIM ga % hisobida)





Tarmoqlar

Yillar

2014

2015

2016

2017

2018

2019

1.

YIM

100

100

100

100

100

100

2.

Qishloq xo‘jaligi

30,0

30,1

28,6

26,8

25,0

24,1

3.

Sanoat

14,1

14,5

15,8

17,1

20,7

22,1

4.

Qurilish

38,2

38,4

37,4

37,6

38,4

36,5

5.

Xizmatlar

5,8

4,9

4,5

4,5

4,9

5,1

6.

Sof soliqlar

11,9

12,6

13,7

14,0

11,0

9,2

Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa jismoniy ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha hisoblab chiqadigan mahsulot ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sish tahlilida iqtisodiyotning ichidagi asosiy nisbat ham o‘rganiladi.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o‘sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:

  • Tabiiy resurslarning miqdori va sifati.

  • Mehnat resurslarining miqdori va sifati.

  • Asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi.

  • Texnologiya va fan - texnika taraqqiyoti.

Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda”.
Ikkinchi guruh talab omillaridir. Bular:

  1. Investitsion resurslar talab darajasi.

  2. Aholining umumiy farovonlik darajasi.

Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan to‘liq foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‘sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyat yaratdi. To‘liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o‘sishni ro‘yobga chiqaradi.
Iqtisodiy o‘sishda resurslarni taqsimlash omillari ham o‘z o‘rniga ega bo‘lsada, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur.
Bu avvalo, mehnat unumdorligining o‘sishiga olib keluvchi omillardir.
Fan — texnik taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnik taraqqiyoti o‘z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda, fan-texnika taraqqiyoti deyilganda, pirovard mahsulot chiqarishni ko‘paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangicha uyg‘unlashtirishni taqozo qiluvchi usullarning topilishi ham tushuniladi. Amaliyotda texnika taraqqiyoti va kapital quyilmalar (investitsiyalar) mustahkam o‘zaro bog‘liq, texnika taraqqiyoti ko‘pincha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qo‘yishga olib keladi. Masalan, atom energiyasidan foyda­lanish bo‘yicha texnologiyani qo‘llash uchun atom elektrostansiyalarini ko‘rish zarur bo‘ladi. Birinchi qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va shiddatli ro‘y berish xarakteriga ega bo‘ladi. Gaz va yoqilgi dvigatellari, konveyer va yig‘ma liniyalar bizni hayotga o‘tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi.
1.3. Iqtisodiy o‘sishni o‘lchash
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish plaridarajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytga-nimizda, haqiqiy va potensial YAIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi – cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi. Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan o‘lchanadi.
Birinchi usulda  iqtisodiy o‘sish real YAIMni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Bunda, joriy yildagi real YAIM (Yt) hajmining bazis yildagiga (Yt-1) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko‘rinishidagi o‘sishi aniqlanadi, ya’ni:
Yt
DY= ------------ x 100
Yt-1
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YAIMning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YAIM o‘rniga SIM, YAMD, SMD ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq deb qaraladi. Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning pirovard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini aks ettiradi. Iste’mol va investitsiya o‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish:

  • birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga;

  • ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga;

  • uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga;

  • to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.


1. Band bo‘lganlar soni
2. Ishlagan kishi soatlarning o‘rtacha miqdori

Mehnat
sarflari


Ishlab chiqarishning real hajmi


1. Texnika taraqqiyoti.
2. Kapital qo‘yilmalar hajmi.
3. Ta’lim va malaka tayyorgarlik
4. Resurslarning joylashtirish
samaradorligi.
5. Boshka omillar.

Mehnat unumdorligi



1.2.1-chizma ko‘rsatadiki, real mahsulot ikki asosiy yo‘lda ko‘paytirilishi mumkin:

  1. resurslarning ko‘proq hajmini jalb etish;

  2. resurslardan ancha unumli foydalanish.

Respublikamizda hozirgi kunda texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qo‘llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini o‘sishini aniqlab beruvchi asosiy omillar bir ishlovchiga to‘g‘ri keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma’lum vaqt ichida, kapitalning hajmi mutloq ko‘payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o‘ssa, mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi.
Ta’lim va malakali tayyorgarlik, mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha yuqori ish haqiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qo‘yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy ko‘rsatkichi ta’lim darajasi hisoblanadi.
Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib turuvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ular quyidagilar:

  • mehnat muhofazasi;

  • atrof-muhitning ifloslanishi;

  • ekologik muammolar;

  • xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash;

  • sog‘liqni muhofaza qilish;

  • tabiiy ofatlar;

  • favqulodda ro‘y beradigan iqtisodiy-siyosiy o‘zgarishlar.

Keyingi yillarda Respublikada davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va cog‘liqni muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o‘z navbatvda iqtisodiy o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqa mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Iqtisodiy o‘sish fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Mehnat unumdorlik darajasi qanday aniqlanadi?

  3. Ekstensiv iqtisodiy o‘sish deganda nimani tushunasiz?

  4. Intensiv iqtisodiy o‘sish deganda nimani tushunasiz?

  5. YAMM (YAIM), SMM yoki milliy daromadning mutloq hajmi va ular o‘sish sur’atlari qanday aniqlanadi?

  6. YAMM (YAIM), SMM yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori va uning o‘sish sur’atlari qanday aniqlanadi?

7.YAMM (YAIM), SMM yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga turli keladigan miqdori va uning o‘sish sur’atlari qanday aniqlanadi?



Download 344.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling