Қишлоқ хўжалигида кичик корхоналарни ривожлантириш йўналишлари
Tovarlarni ishlab chiqarish. Xizmatlar ko’rsatish. Mahsulotlarga sof soliqlar
Download 344.5 Kb.
|
1-Мавзу Iqtisodiy o‘sish kursining mazmuni va vazifasi
Tovarlarni ishlab chiqarish. Xizmatlar ko’rsatish. Mahsulotlarga sof soliqlar
O‘zbekiston Respublikasi 2020 yil yakuni bo‘yicha, YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 341 467,5 mlrd. so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida 194 363,5 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 44 372,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi 2020 yilda joriy davrda o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YaIM hajmi 57 698,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (2019 yilda – 57 711,9 mln. AQSh doll. Keltirilgan diagrammada ko‘rinib turganidek, 2020 yilda aholi jon boshiga YaIM hajmi 2019 yil bilan taqqoslaganda real baholarda 0,3 % ga kamaydi. Aholi jon boshiga YaIM o‘sishi 2019 yilda 3,8 % va 2018 yilda 3,6 % ni tashkil etgan Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 92,4 % ini tashkil etdi va 1,7 % ga o‘sdi (YaIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 1,5 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 7,6 % ni tashkil etdi va 1,4 % ga o‘sdi (YaIM mutlaq o‘sishiga ta’siri - 0,1 f.p.). O‘zbekiston Respublikasi YaIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,8 f.p. (2019 yilda - 0,9 f.p.), sanoat tarmog‘i - 0,2 f.p. (2019 yilda - 1,2 f.p.) va qurilish tarmog‘i - 0,5 f.p. (2019 yilda - 1,2 f.p.) ijobiy xissa qo‘shdi. Xizmat ko‘rsatish sohasi YaIM o‘sishiga ta’sir ko‘rsatmadi (2019 yilda - 2,0 f.p.), qo‘shilgan qiymat deyarli o‘tgan yilgi darajasida saqlanib qoldi (o‘sish sur’ati - 0,1 %). Mahsulotlarga sof soliqlarning o‘sishi hisobiga YaIM 0,1 f.p.(2019 yilda - 0,5 f.p.)ga ko‘paydi. O‘zbekiston Respublikasi 2020 yil yakunlariga ko‘ra, YaIM tarkibida katta bo‘lmagan o‘zgarishlar kuzatildi. YaIM (YaQQ) tarkibida sanoatning ulushi 29,3 % dan 28,5 % ga kamaydi. Shu bilan birga, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 28,0 % dan 28,2 % ga, qurilish tarmog‘ining ulushi 6,6 % dan 7,0 % ga hamda xizmatlar sohasining ulushi 36,1 % dan 36,3 % ga oshdi. O‘zbekiston Respublikasi 2019 yilda 2018 yil bilan taqqos-laganda, YaIM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi ulushining 28,0 % gacha pasayishi (2018 yilda – 31,5 %) va sanoat tarmog‘i ulushining 29,3 % gacha oshishi (2018 yilda – 26,5 %) bilan bog‘liq sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan. O‘zbekiston Respublikasi 2020 yil yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 3,0 % darajasida ijobiy o‘sish qayd etildi. Ushbu tarmoqda ijobiy o‘sish sur’atlari dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 3,4 % ga (2019 yilda – 4,8 % ga o‘sish, 2018 yilda – 4,2 % ga kamayish) va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 2,1 % ga o‘sishi (2019 yilda – 1,6 % ga o‘sish, 2018 yilda – 5,7 % ga o‘sish) bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi 2020 yilda sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida taqqoslama narxlarda 0,7 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati 7,1 % (2019 yilda - 6,6 %, 2018 yilda - 7,9 %) ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi. Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tarmog‘ida ham 12,5 % ga ijobiy (2019 yilda 5,1 % ga va 2018 yilda 3,1 % ga) o‘sish qayd etildi. Tog‘-kon sanoati korxonalarida qo‘shilgan qiymat 21,9 foizga kamaydi (2019 yilda - 0,6 foizga pasaygan, 2018 yilda - 26,5 foizga o‘sgan). Shu bilan birga, ushbu soha qo‘shilgan qiymatining pasayishiga, asosan, tabiiy gaz qazib olish hajmining 17,8 % ga va gaz kondensatining 33,5 % ga kamayishi ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 7,9 % ga pasayish (2019 yilda 2,2 % ga o‘sish, 2018 yilda 11,3 % ga o‘sish) kuzatildi. Kuzatilayotgan davrda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sano-atning jami sanoat sektori bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat tarkibidagi ulushida 2019 yildagi 69,6 % ga nisbatan 76,5 % gacha o‘sish qayd etildi. Shu bilan birga, joriy davrda sanoatning jami qo‘shilgan qiymati tarkibida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining ulushi 15,2 % gacha pasaydi (2019 yilda - 23,0 %). O‘zbekiston Respublikasi 2020 yil yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 40,5 % ga yetdi. Oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi 14,5 %, to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish - 12,7 %, rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish- 8,5 %, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish-7,1 %, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim tirkamalar hamda boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish -5,6 %, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish- 2,4 % hamda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish - 8,7 % ni tashkil qildi. Real YaIM hajmining o‘zgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining muayyan davr oralig‘idagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaIM hajmining o‘zgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi. Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YaIM ishlab chiqarish omillari — yer, kapital va mehnat resurslarining o‘zaro ta’sirida shakllanadi. Bular iqtisodiy o‘sishning miqdoriy omillariga kiradi (mas, foydalanilayotgan ekin maydonlarni kengaytirish YaIM o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi). Ushbu omillarni ishlab chiqarish jarayoniga kengroq jalb etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy o‘sish ekstensiv o‘sish deb ataladi. Jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy va barcha boshqa muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li - bu milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy rivojlanishidir. Aholi farovonligini oshirib borish ham pirovard natijada iqtisodiy rivojlanish darajasi va sur’at-lariga bog‘liq. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo‘yicha ro‘y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o‘z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o‘zgarishlarini, ijobiy va salbiy natijalarini olib notekis boradi. Iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ifodasini real YaMM (YaIM) hajmi va uning aholi jon boshiga ko‘payishida topadi. Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil sur’at va me’yorlarda bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto cheklanish davrlari ma’lum. Agar jahon xo‘jaligi va milliy iqtisodiyotda katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo‘lsa, barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo‘ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish bu yalpi milliy mahulot mutloq hajmning aholi jon boshi va iqtisodiy resurs birligi hisobiga nisbiy miqdorining ko‘payishi hamda sifat o‘lchamlarining borishidir. Ishlab chiqarish natijalarining o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqa-rish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi. Download 344.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling