Ishni himoyaga tavsiya etgan Ilmiy raxbar : Haydarova sh


Download 0.5 Mb.
bet1/15
Sana05.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#214944
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti “MAKTABGACHA TA’LIM “ Kafedrasi “Himoya qilishga ruxsat beraman “ Fakultet dekani XUDOYOROV SH
“___” ___________________2020 yil “MAKTABGACHA TA’LIM “ yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun “ Maktabgacha yoshdagi bolalarda son va sanoq haqida tushuncha hosil qilish va o’rgatish” mavzusida bajarilgan .

MAVZU: Maktabgacha yoshdagi bolalarda son va sanoq haqida tushuncha hosil qilish va o’rgatish . Bajaruvchi: Ergashova Orzigul

Ishni himoyaga tavsiya etgan Ilmiy raxbar :Haydarova SH

Kafedra mudiri:Davlatova R







MAVZU:Maktabgacha yoshdagi bolalarda son va sanoq haqida tushuncha hosil qilish va o’rgatish .

REJA:

I.KIRISH_________________________________________________________



II.ASOSIY QISM.__________________________________________________

II.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematika tasavvurlarini shakllantirish.___________________________________________

II.2. Maktabgacha yoshdagi yoshdagi bolalarda miqdor va son sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish . Sanashni o’rgatish._______________________

II.3. Bolalarni maktabga tayyorlashda matematik tasavvurlarni shakllantirishning zamonaviy texnalogiyalari_______________________________

III.XULOSA ________________________________________________________

IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR___________________________________

.

KIRISH


Mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish asosida ta’lim jarayonining potensial imkoniyatlarini yuzaga chiqarish bosqichi davom etmoqda. Pedagoglar ayni paytda innovatsion texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritish orqali o’quv samaradorligi va sifatini oshirishni ko’zlamoqdalar. Avvalombor, shuni ta’kidlash kerakki, ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan har bir kishi pedagogikning falsafiy jabhalaridan, ilm-fan va texnika sohasidagi o’zgarishlardan, yangi paydo bo’lgan dunyoqarash va ilmiy oqimlardan xabardor bo’lishlari kerak. Ikkinchidan , har bir pedagog bolaga ta’lim-tarbiya berish masalasi bilan shug’ullanar ekan, pedagogikaning nazariyasi va o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari hamda milliy istiqlol g’oyalari bilan qurollangan bo’lishlari kerak. Uchinchidan, nazariy jihatdan to’la asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda ta’lim jarayoniga qo’llash eng dolzarb masalaga aylangan. Maktabgacha ta’lim yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning poydevori hisoblanadi. Shu bois, biz pedagogik texnologiyalarning – zamonaviy o’zbek modelini maktabgacha ta`limda o’qitish metodikasi misolida amaliyotga qo’llashni rejalashtirdik. Modul - pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo’laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo’laklar, ya’ni modullar eng kichik modullardan hamda ularning turli miqdordagi to’plamlaridan iborat bo’ladi. Bunda eng kichik tarkibiy bo’lakni eng kichik modul, boshqalarini esa o’z ichiga qancha shunday modulni olishiga qarab o’rta va katta modullar deb atadik. Modulli o’qitish texnologiyasi, majmuli yondashuvni ifodalaydi. Majmular nazariyasiga asoslangan modulli o’qitish texnologiyasi o’z xususiyatlariga ega bo’lib, ta’lim sohasida mehnat qilayotgan har bir xodimning ijodiy faoliyatiga, dunyoqarashiga samarali ta’sirini ko’rsatadi. Chunki, majmular nazariyasi nazariy jihatdan to’la asoslangan didaktik tamoyil va qonun-qoidalarga amal qiladi.

II.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematika tasavvurlarini shakllantirish

Kichik guruhda bolalarga sonlargacha bo‘lgan davr o‘rgatiladi. Bunda ularga miqdoriy munosabatlar tushuntiriladi. Bolalarga turli buyumlar to‘plami bilan ishlash, ya’ni ularning har xil belgi-alomatlariga ko‘ra birlashtirish, tenglik va tengsizlikni taqqoslash natijalarini ko‘p, kam, teng so‘zlari bilan belgilashni o‘rgatish ko‘zda tutiladi.

Bolalar buyumlarning uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taqqoslashga o‘rgatiladi; geometrik shakllar: - doira, kvadrat bilan tanishtiriladi; fazoviy yo‘nalishlar bilan tanishtiriladi: «o‘zidan» oldinga, orqaga (orqasidan), o‘ngga (o‘ngdan), chapga (chapdan) so‘zlarini to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatiladi.



Mashg‘ulotlar o‘quv yili boshidan boshlab haftasiga 1 martadan (1 yilda 36 marta) o‘tkaziladi. Sentabr oyida bir mashg‘ulotning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktabr oyidan boshlab mashg‘ulot davomiyligi sekinasta 15minutga yetkaziladi.


Kichik guruhda elementar matematik tasavvurlarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda o‘qitish ayoniy ta’sir xarakterida bo‘lishi kerak. Bolalar bilimlarni tarbiyachining harakatlarini, uning tushuntirish va ko‘rsatmalarini idrok qilish asosida, shuningdek, didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash vositasida o‘zlashtiradilar.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling