Ishning maqsad


Download 0.74 Mb.
bet1/3
Sana18.09.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1680520
  1   2   3
Bog'liq
8- laboratoriya ishi. Rastrli grafik muharrirda uskunalar yordamida maxsus effektlar yaratishning yo‘llari.


MAVZU: Rastrli grafik muharrirda uskunalar yordamida maxsus effektlar yaratishning yo‘llari.
8- laboratoriya ishi. Rastrli grafik muharrirda uskunalar yordamida maxsus effektlar yaratishning yo‘llari.
Ishning maqsadi: Talablarning Rastrli grafik muharrirda uskunalar yordamida maxsus effektlar yaratishning yo‘llariga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
Nazariy qism
Adobe Photoshop ko‘p sonli effektlar va ularni qo‘llash imkoniyatlarini taqdim etadi. Photoshopda mukammal ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish uchun, undagi mavjud effektlardan foydalanishni bilish lozim. Photoshopda qanday effektni qo‘llashga qiziqqan ko‘pchilik buni maksimal darajada osonlikcha bajarish haqida ma’lumot olishni xoxlaydi, yana ba’zi foydalanuvchilar dastlab eng oddiy effektlarni o‘rganishni istaydilar va shundan keyingina murakkab effektlarni qo‘llashni boshlaydilar.
Ba’zan effekt qaysi toifaga (oddiy yoki murakkab) tegishli ekanligini aniqlash qiyin. Grafika dasturi bilan ishlashda mukammal mahoratga ega bo‘lgan har bir kishi effektlarni murakkab bo‘lmagan deb atashi mumkin va bu ko‘nikmalarni endi o‘zlashtira boshlaganlar juda ko‘p qiyinchiliklarga duchor bo‘lishadi. Shunga qaramay, tajribali foydalanuvchilar Photoshopni o‘zlashtirishni boshlash bilan filtrlarni qo‘llashni o‘rganish kerakligini ta’kidlashadi.
Filtrlar asosiy menyuning Фильтр bo‘limida yig‘ilgan bo‘lib, uning bandlari quyidagi 1.6-jadvalda aks ettirilgan. Quyidagi rasmda dastur kutubxonasidagi tayyor filtrlari aks etadi:



9.1-rasm. Dastur kutubxonasidagi tayyor filtrlar ro‘yxati.

Bo‘limning birinchi yarmida ko‘p ishlatiladigan filtrlar va ularga mos qo‘yilgan qo‘sh tugmalar keltirilgan. Bo‘limning ikkinchi yarmida qolgan filtrlar o‘ndan ortiq guruhga bo‘lib chiqilgan. Oxirgi band yordamida internetdan yangi filtrlarni yuklab olish imkoniyati ham kiritilgan.


Filtrlarning qo‘llanishiga oid namunalarni quyidagi rasmlarda ko‘rish mumkin. Bu filtrlar Стилизация guruhining Ветер va Эскиз guruhining Ксерокопия filtrlaridir:


9.2-rasm. Filtrlarning qo‘llanishiga oid namunalarni.
Muayyan filtr qo‘llanilgandan so‘ng, uni darhol tark etmaslik kerak, agar birinchi qarashda natija ta’sirli bo‘lmasa. Soyaning chuqurligi, tasvir hajmi, tuzilishi ustida ishlash umuman zarar qilmaydi. Tasvirda bajarilgan har bir harakat, uni tubdan o‘zgartirishga qodir.
Yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida quyidagi topshiriqni ko‘rib chiqamiz.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling