Ishning maqsadi Ishning nazariy asoslari
Download 18.45 Kb.
|
1-amaliy mashg'ulot Gidrografiya Fayzullayev Habibullo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: Ishning maqsadi Ishning nazariy asoslari Ishni bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar
- Ishning nazariy asoslari.
- Ishni bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar Berilgan
- Ishni bajarish uchun qo’yilgan vazifalar 5 . O.P.Sheglovaning gidrologiyaning rivojlanishiga qo’shgan hissasi o’rganilsin;
O’zbekistonda amalga oshirilgan gidrografik tadqiqotlar va ularga hissa qo’shgan taniqli olimlar ishlarini tavsiflash Reja: Ishning maqsadi Ishning nazariy asoslari Ishni bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar Ishni bajarish uchun qo’yilgan vazifalar 1. Ishning maqsadi. Ushbu amaliy mashg’ulotning maqsadi, O’rta Osiyoda jumladan, O’zbekistonda amalga oshirilgan gidrografik tadqiqotlar va ularga hissa qo’shgan olimlar ishlarini o’rganishdan iborat. Ishning nazariy asoslari. O’zbekistonda suv ilmi-gidrologiya qadimiy ildizga ega. O’lkamizda sug’orma dehqonchilik yangi eradan 6000 yil yilgari ham mavjud bo’lgan. Miloddan oldingi 4000 yillikning ikkinchi yarmi va 3000 yillik boshlarida daryolar to’silib, ulardan sug’orish kanallari chiqarilgan. Yangi eradan oldingi 2000 yillikdan boshlab, Surxondaryo vohasi, Farg’ona vodiysi, Quyi Amudaryo va Zarafshon bo’ylarida yirik massivlar sug’orilgan. Yangi eraning I-IV asrlarida Janubiy O’zbekistonda Zang, Toshkent vohasida Bo’zsuv va Salor, Samarqand vohasida Eski Angor va Tuyatortor, Buxoroda Shohrud va Romitanrud, Xorazmda Qirqqiz va boshqa kanallar qazilgan. VII-VIII asrlardan boshlab, tog’oldi hududlarida erlarni sug’orishda maxsus qazilgan quduqlar tizimi–korizlardan foydalanilgan. Bular ajdodlarimizning suv ilmidan xabardor ekanliklaridan darak beradi. Ishni bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar Berilgan: Quyidagi adabiyotlar: 1) Rasulov A.R., Hikmatov F.H., Aytbaev D.P. Gidrologiya asoslari. Toshkent: Universitet, 2003.327 b 2) F.Xikmatov, D.P.Aytbayev, B.Ye.Adenbayev Gidrologiyaga kirish.-Toshkent:Universitet, 2017.-200 b. 3) Shult’s V.L., Masharipov R. O’rta Osiyo gidrografiyasi.-Toshkent: O’qituvchi, 1969 yil.
Ishni bajarish uchun qo’yilgan vazifalar 5.O.P.Sheglovaning gidrologiyaning rivojlanishiga qo’shgan hissasi o’rganilsin; Respublikamizda 1950-1970 yillarda V.L.Shulst – O.P.Sheglovaning tog’li hududlar gidrologiyasi ilmiy maktabi shakllandi. Unda etishib chiqqan olimlar – A.A.Zohidov, Yu.M. Denisov, M.I.Getker, L.I.Shalatova, Yu.N.Ivanov, V.E.Chub, I.R. Alimuhamedov, G.E.Glazirin, A.R.Rasulov va boshqalar O’rta Osiyoni geografik-gidrologik tamoyillar asosida rayonlashtirdilar va o’lkada daryolar oqimi hosil bo’lishining tog’li hududlarga xos bo’lgan asosiy qonuniyatlarini ochib berdilar. Respublikada gidrologiya fanining 1980 va undan keyingi yillardagi yutuqlari Yu.M.Denisov, F.E.Rubinova, G.E.Glazirin, M.I.Getker, V.G.Konovalov, A.S.Shetinnikov, A.R.Rasulov, V.E.Chub, E.M. Vidineeva, G.N.Trofimov, A.A.Kreyter, M.A.Nosirov, A.Akbarov, Z.S.Sirliboeva, F.Hikmatov kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlari bilan bog’liqdir. Bu davrga kelib, mamlakatimizda gidrologiyaning glyastiologiya, ko’lshunoslik, muhandislik gidrologiyasi (gidrologik hisoblashlar va prognozlar), gidrologik jarayonlarni matematik modellashtirish, sel toshqinlari, suv eroziyasi va daryo oqiziqlari, sug’oriladigan hududlar gidrologiyasi, suv havzalari gidrokimyosi, suv resurslarini muhofaza qilish kabi qator yo’nalishlar to’la shakllandi. Mazkur yo’nalishlarning ilmiy yutuqlari nafaqat sobiq Ittifoq, balki dunyo miqyosida e’tirof etildi. O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonning tog’li qismidagi muzliklarning birinchi katalogi (jadvali) 1930 yillarda N.L.Korjenevskiy tomonidan yaratilgan bo’lsa, mamlakatimizda gyastiologiya fanining keyingi rivoji va jahon miqyosida tan olinishi G.E.Glazirin, V.G.Konovalov, V.I.Rastek, V.F.Suslov, A.S.Shetinnikov, V.Nozdryuxin, A.A.Kreyter, M.A.Nosirov, A.A.Akbarov, B.A.Kamolov kabi muzshunos olimlarning nomlari bilan bog’liqdir. Hozirgi kunda bu sohadagi tadqiqotlar B.K.Цarev, A.V.Ni, F.I.Perstiger, G.P.Kim, I.G.Tomashevskaya, E.Semakova, M.Petrov kabi yosh olimlar tomonidan muvafaqqiyatli davom ettirilmoqda. Ko’llarni o’rganishga o’tgan asrning birinchi yarmida N.L.Korjenevskiy, L.A.Molchanov, N.G.Mallistkiy kabi olimlar asos solgan. Mamlakatimizda ko’lshunoslikning keyingi rivojiga V.N. Reyzvix, A.M.Nikitin, M.A.Nosirov, N.E.Gorelkin, J.J.Nurboev, O.S.Nuriddinov katta hissa qo’shdilar. O’zbekiston Milliy universitetida ilk bor «Ko’lshunoslik» (mualliflar: F.H.Hikmatov, D.P.Aytbaev, 2002 y.) o’quv qo’llanmasi yaratildi. Mamlakatimizda gidrologik hisoblashlar va prognozlar borasida dastlabki tadqiqotlar E.M.Oldekop, P.M.Mashukov, Z.V.Djordjio, E.I.Girnik, N.N.Aksarin, N.K.Lukina tomonidan amalga oshirilgan. Hozirgi kunda Yu.M.Denisov, A.I.Sergeev, L.N.Borovikova, S.Karimov, A.M.Ovchinnikov, A.F.Shohidov, A.A.To’laganov kabi olimlar shu yo’nalishda tadqiqot olib bormoqdalar. Gidrologik jarayonlarni matematik modellashtirish muammolari bo’yicha Yu.M.Denisov va uning shogirdlari - A.I.Sergeev, L.N.Borovikova, A.F.Shohidov, A.A.To’laganovlar amalga oshirgan tadqiqotlar diqqatga sazovordir. Respublikada sel toshqinlari, ularning genezisi muammolarini geografik va gidrologik o’rganish bilan F.K.Kocherga, P.M.Karpov, T.Mustafaqulov, R.G.Vafin, V.P.Pushkarenko, G.N.Trofimov, S.To’laganov, A.Saidov, V.Babko va boshqalar shug’ullandilar. Mamlakatimizda gidrologik tadqiqotlar majmuida daryolar havzalarida kechadigan suv eroziyasi hamda daryolarning loyqa oqiziqlari genezisi masalalarini o’rganishga V.L.Shulst, O.P.Sheglova , Yu.N.Ivanov, A.A.Xonazarov, A.R.Rasulovlar asos solganlar. Ayni paytda bu yo’nalish S.R.Saidova, Z.S.Sirliboeva, F.H.Hikmatov, D.P.Aytbaevlar tomonidan yangi bosqichga ko’tarildi. Daryo o’zanidagi va suv omborlaridagi dinamik jarayonlarni o’rganishni S.T.Altunin, A.M.Muhamedov, V.S.Lapshenkov, I.A.Shneer kabi olimlar boshlab bergan bo’lsalar, keyingi yillarda bu yo’nalishdagi tadqiqotlar N.I.Zudina, X.A.Ismagilov, M.B.Boqiev, Z.S.Sirliboeva, A.A.Libert tomonidan davom ettirilmoqda. Sug’oriladigan hududlar gidrologiyasi bilan bog’liq muammolar ham O’zbekiston olimlarining diqqat markazida bo’ldi. 1960 yillardan boshlab R.A.Alimov, A.Z.Zohidov, V.P.Svetistkiy, F.E.Rubinova, B.E.Milkis, E.D.Cholpankulov, L.N.Poberejskiy sug’oriladigan erlarning suv balansi va tuz rejimini o’rganish bo’yicha maxsus tadqiqotlarni amalga oshirdilar. Bugungi kunda mazkur yo’nalishdagi ilmiy izlanishlar E.J.Mahmudov, R.K.Ikramov, M.A.Yakubov, V.O.Usmanovlar tomonidan izchil davom ettirilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda suv havzalari gidrokimyosi (E.M.Vidineeva, Q.A.Domlajonov, E.I.Chembarisov), suv resurslarini muhofaza qilish (R.M.Razaqov, Sh.Muradov, D.Yu.Yusupova, Yo.Q.Xayitov), paleogidrologiya (G.N.Trofimov, F.Ya.Ortiqova), gidroekologiya (A.Nazarov, A.Abdurahmanov, Z.S.Sirliboeva, S.R.Saidova) kabi yo’nalishlar ham shakllanmoqda. Mamlakatimiz mustaqillik erishgach, gidrologik tadqiqotlarning asosiy markazlari bo’lgan Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, O’zbekiston Milliy unversiteti, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Geologiya va geofizika, Suv muammolari institutlarida gidrologiya fanining rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mutaxassislar tayyorlash uchun maxsus kasb-hunar kollejlari tashkil etildi. Oliy o’quv yurtlari (O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent irrigastiya va meliorastiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti)da bakalavrlar va magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Mamlakatimizda shu soha bo’yicha ilmiy va ilmiy pedagogik xodimlar tayyorlash maqsadida bir qancha oliy o’quv yurtlari hamda tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida aspirantura va doktorantura faoliyat ko’rsatmoqda. Download 18.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling