Ishning maqsadi: Yig`uvchi linzaning fokus masofalarini turli usullar yordamida aniqlash. Kerakli asbob va jihozlar


Download 132.5 Kb.
bet1/5
Sana11.05.2020
Hajmi132.5 Kb.
#105060
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 - LABORATORIYA ISHI.

2 - LABORATORIYA ISHI.


1-qism
YIG`UVCHI LINZANING FOKUS MASOFASINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Yig`uvchi linzaning fokus masofalarini turli usullar yordamida aniqlash.

Kerakli asbob va jihozlar: optik taglik, yig`uvchi linza, yorug`lik manbasi, masshtabli ekran.

Qurilmaning tavsifi
E

1-rasm. 1 – yorug`li manbasi, 2 – linza va 3 – masshtabli ekran.



kran, yorug`lik manbasi va linzalar 1-rasmda ko`rsatilgani kabi bir optik o`q bo`yicha joylashtiriladi. Manbaning old qismidagi qog`ozga tushirilgan strelka buyum vazifasini o`taydi.

Ishning bajarilish tartibi:
Dastlab uch xil usul bilan qavariq linzaning fokus oralig`i topiladi.

Birinchi usul. Fokus masofasini linza bilan buyum va linza bilan tasvir o`rtasidagi masofalarga asosan topish.

Linzani optik taglik ustida ohista siljitib, strelkaning ekrandagi aniq tasviri hosil qilinadi. Bu holda buyumdan ya’ni strelkadan linzagacha bo`lgan masofa a1 hamda linzadan tasvirgacha, ya’ni ekrangacha bo`lgan masofa a2 yozib olinadi. Bularning qiymatlari optik taglikning shkalasidan santimetrlarda yozib olinadi. a1 va a2 ning qiymatlarini bilgan holda (1) formuladan foydalanib, linzaning fokus masofasini hisoblash mumkin.



(1)

Ikkinchi usul. Fokus masofasini buyum bilan tasvirning kattaligidan va linza bilan tasvir orasidagi masofadan foydalanib topish. Bu holda ham 1-mashqdagi singari strelkaning aniq tasviri hosil qilinadi. Tasvir kattalashtirilgan bo`lishi lozim. Buyumning (strelkaning) chiziqli o`lchami lineyka yordamida, tasvirning o`lchami L esa masshtabli ekrandan topiladi. Bularni bilgan holda linzaning fokus masofasini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin:

(2)

Download 132.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling