Ishning maysadi: Talabalarga sportchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish usullari to‘g‘risida ma’lumot berish. Identiv o‘yuv maysadlari: Pul’sni sanashni tushuntirib beradi. Nafas olishni sanashni tushuntirib beradi


Download 19.66 Kb.
bet5/6
Sana28.10.2021
Hajmi19.66 Kb.
#169383
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy mashg'ulot

Qon bosimini o‘lchash. Qon bosimini o‘lchash tibbiyot xodimi uchun muhimdir. U quyidagi hollarda, ayniqsa, foydalidir:

-           Homilador ayollar.

-           Onalar tug‘ruqdan oldin va keyin.

-           Ko‘p qon yo‘qotayotgani (tashqi yoki ichki qon ketish hollarit).

-           SHok yoki allergik shok holatidagi odamlar.

-           40 dan oshgan odamlar.

-           Semiz odamlar.

-          YUrak muammolari, insult, nafas olishga qiynalayotgan, tez-tez boshi og‘riydigan, shishgan, qand kasali, siydik yoo‘llarining surunkali kasalliklari, shishgan yoki og‘riqli venalari bor odamlar.

-           YUqori qon bosimi bor odamlar.

-          Homiladorlikdan            saqlovchi        tabletkalarni             ichayotgan     (yoki                                       ichishni rejalashtirayotgan) allar.

Qon bosimni o‘lchovchi 2 xil asbob mavjud:

-           Ko‘rsatkichli qon bosimini o‘lchaydigan asbob – tanometr.

-           Simobli qon bosimini o‘lchaydigan asbob-sfigmo tanometr. Qon bosimini o‘lchash uchun:

-          Odam o‘zini xotirjam tutishi kerak. YAqinda qilingan mashqlar, achchiqlanish yoki xavotirlanish qon bosimining ortishiga va noto‘g‘ri ma’lumot olinishiga olib keladi. Odamning xavotirlanmasligi va qo‘rqmasligi uchun nima qilmoqchi ekanligingizni unga tushuntiring.

-           Odam qo‘lining yuqori qismiga asbobning engini o‘rnating.

-           Rezinali balonchaning buragichini berkiting.

-           Bosimni simob ustunining 200 millimetridan ortadigan qilib ko‘taring.

-           Fonendoskopni tirsakning ichki tarafiga qo‘ying.

-          Havoni asta-sekin qo‘yib yuborib, qon tomirining urishini diqqat bilan eshiting. Asbobning ko‘rsatkichi (yoki simob darajasi) asta tusha boshlaganda yuqoridagi va pastdagi o‘lchamlarga e’tibor bering.

1.                    Tomirning urishi asta eshitila boshlaganda payti yuqoridagi o‘lcham hisoblanadi. Bu asbob ichidagi bosim arteriyaning yuqori bosimi darajasiga (sistolik yoki yuqori bosimga) tenglashganda yuz beradi. Har safar yurak qisqarib, qonni arteriyalarga kuch bilan haydab chiqarganida ana shunday bosim yuzaga keladi. Normal odamning yuqori bosimi 110 dan 120 mm gacha bo‘ladi.

2.                    Tomir urishini eshitgan holda, havoni chiqarishni davom ettiring. Quyi o‘lcham qon tomiri urishi pasayib yoki yo‘qolib ketgan joy hisoblanadi. Bu asbobdagi bosim arteriyaning past bosimiga (diastolik yoki pastki bosimga) teng kelganida yuz beradi. Ushbu bosim yurak urishlar orasida dam olayotgan paytdagi bosimga to‘g‘ri keladi. U odatda 60 dan  80 mm gacha bo‘ladi.

Biror odamning qon bosimni o‘lchaganda doim ikkala yuqori va past bosimlarni ham yozib qo‘ying.

Katta odamning normal qon bosimini (QB) quyidagicha yozamiz:


ҚБ 120 ёки ҚБ 120Ғ80

 

80

 

120 юқори (систолик) босим ва

80 паст (диастолик) босим

ўлчамларидир.


 

Tibbiyot xodimlari odamlarga sistolik va diastolik, degan uzun va tushunarsiz so‘zlarni “yuqori” va “pastki” bosimlar, deb tushuntirgani ma’qulroqdir.

Agar qon bosimi 140G‘85 bo‘lsa, xavotirlanishga o‘rin yo‘qdir. Agar 135G‘100 bo‘lsa, bu jiddiy yuqori qon bosimidir. Kasal semiz bo‘lsa, ozish yoki davolanishi kerak.

Agar pastki bosim 100 dan oshib ketsa, qon bosimini tushurish kerak (parhez yoki dori).

Kattalar uchun normal qon bosimi 120G‘80 atrofidadir, lekin 85G‘50 dan 140G‘90 gacha bo‘lgan bosim ham normal, deb yuritilishi mumkin.

Agar odamning qon bosimi past yuradigan bo‘lsa, buning havotirlanadigan joyi yo‘qdir. Qon bosimi normaldan past, ya’ni 85G‘50 dan 110G‘70 gacha bo‘lsa, bu odam uzoq yashashi va yurak muammosi yoki insultdan azob chekishga moyil emasligining belgisidir.

Qon bosimining birdan pastlab ketishi ham xavfli belgidir. Ayniqsa, agar u 60G‘40 dan ham pastlab ketsa. Tibbiyot xodimi qon yo‘qotayotgan yoki shok xavfi bor odamlardagi qon bosimining birdan pastlab ketishi hollarini kuzatishi kerak.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:




Download 19.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling