Ishning mohiyati
Taxminiy tayyorlangan 0.25 n li Mor tuzi eritmasini ka
Download 28.45 Kb.
|
Amperometrik analiz.Kaliy bixromat miqdorini aniqlash
Taxminiy tayyorlangan 0.25 n li Mor tuzi eritmasini kaliy bixromatning standart eritmasi bilan standartlash.
Titrlash stakaniga pipetka yordamida 25 ml kali bixromatning standart eritmasi, o‘lchovssilindri bilan 20 ml 6 n sulьfat kislota va taxminan 150-200 ml gacha distillangan suv qo‘yiladi. Eritmali stakan ichiga aralashtirgich sterjenь solinadi va stakanni magnitli aralashtirgich stoli markaziga o‘rnatiladi. Elektrolitik kalit va Rt - elektrod eritma ichiga tushiriladi (Elektrod va elektrolitik kalit stakan tubiga taxminan 1,0 sm etmay turishi kerak). Magnitli aralashtirgich ulanadi va aralashtirgich tezligi boshqarib turiladi ya’ni bunda eritmaning aralashish tezligi katta bo‘lsin, lekin eritmada o‘rama hosil bo‘lmasin). Byuretkani Mor tuzi eritmasi bilan to‘ldiriladi. Asbobning sezgirligini maksimal hshatga, ya’ni “4” ga qo‘yiladi, galьvanometrda esa “1:10” ga qo‘yiladi. Elektrodlardagi kuchlanishni volьtmetr yordamida 0,8-0,9 v ga keltiriladi. So‘ngra titrlashga kirishiladi. Dastlab byuretkadan 5 tomchi titrant qo‘shiladi va galьvanometr strelkasi ma’lum nuqtada to‘xtagach byuretka va galьvanometr ko‘rsatkichlari yozib olinadi. So‘ngra yana 5 tomchi titrant qo‘shiladi va natijalar yana yozib olinadi. Agar bu holda tok kuchi o‘zgarsa, yana 5 tomchi sh grant qo‘shiladi va yana byuretka hamda galьvanometr ko‘rsatkichlari yozib olinadi. Tok kuchi doimiy bo‘lguna qaytarilaveradi (odatda, zanjirdagi tokning Doimiyligi 2 - marta titrant qo‘rshlgandayoq kuzatidadi). Bundan keyin titrantni tomchilatib quyiladi, lekin galьvanometr strklkasi harakatga kelmaguncha byuretka ko‘rsatkichi yozib olinmaydi. Galьvanometr strelkasi barqaror harakatlanib tok ko‘paya boshlagan paytdan 2-4 tomchidan titrant qo‘shiladi va byuretka hamda galьvanometr ko‘rsatkichlari yozib olinadi. Titrlashni yana 6-7 ta ortib boruvchi tok qiymati olinguncha davom ettiriladi. Aralashtirgich to‘xtatiladi, elektrodlar eritmadan yuqoriga ko‘tariladi, titrlangan eritmali stakan asbob ustidan olinadi va elektrodlarning eritmaga botirilgan qismi yuvgich yordamida distillangan suv bilan yuviladi (bunda elektrodlar tagiga bo‘sh stakan qo‘yilsa, yuvilayotganda suv shu stakanga oqib tushadi). Download 28.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling