Ishning tartibi. Immun himoyani taminlovchi hujayralar bilan tanishish 2


Download 24.69 Kb.
bet3/4
Sana08.02.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1176850
1   2   3   4
Bog'liq
3 Амалий

Toksinga qarshi immunitet. Bu immunitet organizmda kuchli antigen­lik xususiyatiga ega bo'lgan, asosan, oqsildan iborat, immun javob chaqira oladigan toksinlarga nisbatan rivojlanadi. Bo'g‘ma, botulizm, qoqshol, anaerob infeksiya, kuydirgi kasalliklarining qo'zg'atuvchilari ajratadigan ekzotoksinlar shunday omillarga misol bola oladi. Hosil bolgan antitoksinlar faqat gomologik toksinlarni betaraflaydi. Antitoksinlaming shu xususiyatidan foydalanib, yuqorida sanab otilgan kasalliklarni davolash va oldini olishda antitoksik zardob va immunoglobulinlar tibbiyotda keng qo’llaniladi.
Tajribalar, organizmda faqat ekzotoksinlarga emas, balki endotoksinlarga ham qarshi ma’lum miqdorda antitelolar hosil bo'lishini ko‘rsatdi. Ammo, bunday antitelolar organizmda uzoq vaqt saqlanib qolmay, tezda parchalanadi, chunki endotoksin tarkibiga kiradigan polisaxarid tabiatli antigenlar timusga bog’liq bo’lmaganligi uchun, ularga qarshi M-sinfiga mansub antitelolar ishlab chiqariladi, Shunga qaramay, antitelolar kasallikni o’tkir davrida zahar va bakteriyalami betaraflaydi.
Sodda organizmlarga qarshi immunitet. Organizmda protozoalarga qarshi gumoral va hujayraviy immunitet hosil boladi. Lekin ularni himoya qila olish xususiyati har xil, bu patogen protozoalarning fiziologik xususiyatlari, rivojlanish sikllari, parazit va xo jayin o'rtasidagi munosabatlarga bog‘liq. Masalan, ulardan ayrimlari (tripanasoma, leyshmaniya, bezgak plazmidiylari) to‘qimalarda, boshqalari (ichak balantidiylari, koksidiy va gelmintlar) ichak boshlig‘ida uchinchilari ichak bo'shlig'i va to‘qimalarda yashaydi. Organizmda patogen protozoalarning rivojlanishidagi har bir bosqichiga xos immunitet hosil bo‘ladi. Ularning rivojlanishida ikkitadan yettitagacha bosqich bo'lib, har biri o‘ziga xos ko'rinishda kechadi. Mikroorganizm rivojlanishning boshqa bosqichiga o‘tganda, undagi antigenlar to‘plami ham ozgaradi, shuning hisobiga oldingi immun omillaming protozoa biian ta'sirlashishi murakkablashadi.
Protozoalarga qarshi immunilet mexanizmi ham turlicha, masalan, bezgakda antitelolar merozoitlarning eritrotsitlarga kirishiga yo'l qo‘ymaydi. Antitelolar mikroorganizm usti antigenlariga ta’sir qilib, ularni betaraflaydi yoki o‘zgartiradi.
Malum bir sodda organizmlarda antigen mimikriyasi kuzatiladi, natijada bemorda unga nisbatan kuchsiz immunitet rivojlanadi. Kuchli hujayraviy immunitet toksoplazmoz, leyshmanioz, tripanosomoz kabi kasalliklarga qarshi hosil boladi. Protozoalarga qarshi immunitetda faollashgan fagositlarning ham muhim salmog‘i bor.

Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling