Ishning tartibi. Immun himoyani taminlovchi hujayralar bilan tanishish 2


Download 24.69 Kb.
bet4/4
Sana08.02.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1176850
1   2   3   4
Bog'liq
3 Амалий

Zamburug‘larga qarshi immunitet. Organizm zamburug'lar qo‘zg‘atgan kasalliklardan asosan, hujayraviy omillar orqali himoya qilinadi. Shartli-patogen zamburug‘larko‘pincha tug'ma va orttirilgan immuntanqislik holatlarida kasallik qo'zg'atadi.
Mikozlarda zamburug antigenlari immun sistema hujayralari bilan ta'sirlashgandan so‘ng, 10-14 kun ichida sustkor giperta’sirchanlik reaksiyasi rivojlanadi.
Zamburug'larga qarshi organizmda IgM, IgG, IgE va IgA antitelolar hosil bo’ladi. Ko'pgina sog‘lom kishilar qonida ma’lum zamburug'larga qarshi normal antitelolar borligi aniqlangan. Masalan, kandida oilasiga mansub achitqi zamburug‘lar doimo sog’lom odamning normal mikroflorasi tarkibida bo'ladi. Respirator zamburug‘ allergiyalarida IgE miqdori oshsa, kandidozli vaginitlarda IgA lar titri oshadi.
Viruslarga qarshi immunitet. Organizmni virus infeksiyalaridan, asosan hujayraviy immunitet himoya qiladi. Virus bilan zararlangan hujay­ralar membranasida organizm uchun irsiy yot infekstya antigenlari bo’ladi, shuning uchun ular makrofag, T-killer va K-hujayralar «nishoniga» aylanadi. Virus infeksiyalarida organizm suyuqliklarida ko‘p miqdorda a-, b- va g-interferonlar hosil bo’ladi va ularning himoyada ahamiyati juda katta.
Ma’lum viruslar, masalan, gerpes, sitomegalovirus va polioma viruslari hujayra ichida latent holatda uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin.
Viruslarning immun omillardan himoyalanishining yana bir yo’li ularning antigen turlanishlari. Masalan, gripp, adeno- va rinoviruslaming ko‘p tiplari aniqlangan. Shuning uchun ularga qarshi tipga xos immunitet rivojlanadi.
Bundan tashqari, viruslar ham organizm himoya omillariga qarshi moslashib boradi. Masalan, orttirilgan immuntanqislik sindromi (OITS) virusi, asosan, limfotsitlarga ta’sir qilib, birinchi navbatda T-xelperlar faoliyatini buzadi, bu o‘z navbatida immun javob rivojlana olmasligiga olib keladi.
Jamoa immuniteti. Aholini aniq reja asosida xavfli infeksiyalarga qarshi muntazam emlab borilganida, ularda shu kasallik qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan jamoa immuniteti hosil bo'ladi. Bunday emlashlar tufayli qizamiq, shol, bo‘g‘ma, ko’kyo'tal, qoqshol kabi kasalliklar keskin kamaydi.
Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi aholisini shol, sil, bo'g'ma, qoqshol, tepki, qizamiq va gepatit В larga qarshi reja asosida emlash davlat tomonidan yo‘lga qo‘yilgan
Nazorat savollari
1.Immunitetning qanday shakllari mavjud?.
2.Mikroorganizmlarga nisbatan hujayraviy immunitetning namoyon bo’lish shakllari qanday?
3. Mikroorganizmlarga nisbatan gumoral immunitet qanday namoyon bo’ladi
Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling