Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet43/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Oy dedi: oy yuzliging
Oydinroqdir, yuz oydin. (I. 199)
She’rda yor tavsifi mavjud bo‘lib, bu yuqorida berilgan dastlabki bandda so‘zlar takrori, tovushlar uyg‘unligi, so‘z o‘yini vositasida tasvirlangan. Bandda oydin so‘zi besh marta qo‘llanib, takrorni yuzaga keltirgan. Bu takrorlar faqat bir so‘zning takrorlari bo‘lmay, balki omonimlik holat ham yuzaga kelgan. So‘z o‘yini hosil qilingan. “So‘z o‘yini-badiiy adabiyotda so‘zlarning (yoki ayrim harflarning) yozilishidagi o‘xshashligi asosida bir xil o‘xshash shaklda turli ma’noda qo‘llanishi”1. Bandning birinchi misrasi Kecha oydin, ko‘z oydin! shaklida bo‘lib, kecha oydin birikmasidagi oydin so‘zi yorug‘ so‘ziga sinonim bo‘lib, ko‘z oydin birikmasida oydin so‘zi ko‘chma ma’noda aniq ko‘rinib, bilinib turgan, ravshan ma’nosida qo‘llangan va ma’no ta’sirchanligi ortgan. Ikkinchi va to‘rtinchi misra oxirida qo‘llangan oydin so‘zlari – oy so‘zining jo‘nalish kelishigidagi shakli. Bandda oy va oydin so‘zlarining qo‘llanishi ohangdoshlikni yuzaga keltirgan. Musiqiylikni ta’minlagan. Kitobxon diqqati bevosita shu takroriy so‘zlarga tortilgan. Takroriy so‘zlarda ma’no ta’sirchanligi ortib borgan. Belgi bildiruvchi oydin so‘zi dastlab oydin kecha ma’nosini ifodalab kelgan bo‘lsa, shu misraning o‘zida takror kelishi ko‘chma ma’no anglatib, ma’no ta’sirchanligini kuchaytirgan. Shuningdek, to‘rtinchi misradagi Oydinroqdir, yuz oydin takrorlari esa ma’noni yanada ta’sirchan ifodalashga xizmat qilgan. Shu bilan birga qofiyadosh so‘zlar bilan bog‘liq holda qo‘llangan yana bir omonimlik holat ham borki, bu yuz so‘zining uchinchi misrada ot, to‘rtinchi misrada son so‘z turkumi bo‘lib keliishi natijasida ohangdoshlik yanada ta’sirchan ifodalangan.
Keltirilgan matnda suyukli ayolning husnu tarovati madh qilingan. Uning husni oy va oydin (oy yorug‘iga ko‘milgan kecha)ga qiyoslash orqali tasvirlangan. Shoirning ma’shuqa chehrasi yuz oydan ham ustun turishini, yuz oy sochgan nurdan yorug‘, jozibali ekani haqidagi tasviri she’rdagi o tovushi bilan boshlanuvchi so‘zlardagi o unlisining ohangdoshligi bilan uyg‘unlik hosil qilgan. Bu uyg‘unlik musiqiylikni, talaffuzda yaqinlikni ta’minlagan va bu hol she’rdagi o‘ziga xos ohangni shakllantirgan.
Keltirilgan misollarda nozikta’b shoirning poetik mahoratni namoyish qiluvchi fikrlari bor. Bular: kecha oydin (yorug‘) bo‘lgach, albatta atrof ko‘zga aniq ko‘rinadi. Demak, bu holatga tabiat hodisasi – oydinlik sababchi. Shoirning ushbu holatni yuzaga keltirayotgan oyga murojaat qilishi ham tabiiy – yuz, chehrani oyga qiyoslash an’anaviy usul. Bu o‘rinda atrofni nurga chulg‘ab, oydinlik yaratib turgan oyning ma’shuqa chehrasini yuz oyning va uning nuridan ham yuqori qo‘yishi – mubolag‘a. Shoir yorug‘, yorug‘roq, yuz bor yorug‘, nurli, nurafshon kabi so‘zlardan foydalanishi mumkin edi. Ammo she’rda tasvir quroli qilib olingan takror zarar ko‘rgan, o‘z mukammalligiga yetmay qolgan bo‘lar edi. Shu sababli to‘rtinchi misrada oydin (oydinroq) so‘zidan foydalangan, natijada oydin so‘zi takrori bilan yuzaga keluvchi badiiy san’at o‘z mukammalligiga erishgan. Shuningdek, bu tasvir she’rning keyingi bandlarida yanada ta’sirli ifodalangan:

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling