Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet40/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Ohista-ohista ulashur orom,
Ohista-ohista ulashur uyqu. (II. 280)
Bandda dastlabki takroriy so‘zda tunning sekinlik bilan qorong‘ilik og‘ushiga kirishi ifodalansa, uning takror qo‘llanishi vositasida qorong‘ilik natijasida yuzaga kelgan oromning kishiga osoyishtalik, uyqu bag‘ishlashi ifodalangan. Banddagi takroriy ifodalar vositasida ohangdoshlik yuzaga kelgan. Ma’no rivojlantirilgan va ta’kidlangan. “Bobojon” she’ridan olingan quyidagi bandda ham shunday takror asosida o‘zgacha bir ma’no yuzaga kelgan:
Ko‘rinasan nega tajangroq,
Qarashing ham nechun sal sovuq?
G‘aram-g‘aram chopdik-ku yantoq,
Quchoq-quchoq yuldik chirmovuq. (I. 337)
Banddagi har bir takroriy so‘zda alohida miqdoriy ko‘plik ma’nosi mavjud bo‘lsa, ular birgalikda mehnat hosilasining barakasini ifodalagan va mazmunga ekspressiv ma’no bag‘ishlagan, umumiylikni yuzaga keltirgan. Ma’no kengaygan. Bu kabi takrorlar ketma-ket ikki misraning turli o‘rinlarida yuzaga kelishi mumkin. Bunday takror shakllarning barchasi Mirtemir she’riyatida ma’lum uslubiy vazifa bajargan. Chunonchi, “Sumalak” she’rida quyidagicha mukarrar takrorini uchratishimiz mumkin:
Qayga borsang – sumalak, qayga borsang – sumalak,
Tanglayda lekin o‘sha sumalak mazasi bor.
Ko‘nglimda hanuz-hanuz onamning azasi bor,
Mozorini topolmay hanuz-hanuz men halak. (II. 343)
Takroriy so‘zlarning qaytarilishi faqat misra yoki band doirasida emas, balki she’rning bir necha misralarida takrorlanib kelishi kuzatiladi. Bunday takrorlar shoirning “Afrosiyob”, “Qiz qo‘shig‘i”, “Uyg‘on, shoir!”, “Gavhar”, “Yetmish to‘rt”, “O‘zbek yo‘li”, “Yil boshi orzulari”, “Yali-yali”, “Mangu olov”, “Senga, Respublikam!..”, “To‘y”, “Soz” kabi o‘nlab she’rlarida; “Yuz bir”, “Barot”, “Baxshining aytganlari” kabi dostonlarida mavjud. Band doirasidagi takrorlar bandda uch va undan ortiq misralarda takror kelishi ham mumkin. Bu “Soz” she’rida quyidagicha ifodalangan:
Chal to‘lg‘ona-to‘lg‘ona
Soz sehriga chulg‘ona.
Tinglayin yona-yona,
Tashnaday qona-qona. (II. 122)
Xalqona ohangda yozilgan ushbu she’rdagi takroriy so‘zlar ohangdoshlik va musiqiylikni yuzaga keltirgan. Qofiyaning shakllanishini ta’minlagan, ma’noni to‘ldirgan va harakatning borgan sari kuchayib borishini rivojlanishda ifodalagan.
A.Hojiahmedov: “Mukarrar lafz raddul ajuz al-assard san’atiga o‘xshab bayt misralarining turli o‘rinlarida qo‘llanishi mumkin”1, – deydi. Mirtemir she’riyatida bunday takrorlar band, asosan, to‘rtlik doirasida yuzaga kelgan. Shoir she’riyatida buning quyidagi ko‘rinishlari uchraydi.
1. Bir misrada ketma-ket qo‘llangan:
Donu dun ham orzumizday
Tepa-tepa, g‘aram-g‘aram.
To‘kinchilik ertakdagi
Behishtlardan to‘kisroq, soz. (II. 328)
2. Bandning ketma-ket ikki misrasida – misralar boshida, misralar oxirida, biror misra boshida va keyingi misra o‘rtasida, biror misra boshida va keyingi misra oxirida, biror misra o‘rtasida va keyingi misra boshida, biror misra oxirida va keyingi misra boshida, misralar o‘rtasida takrorlangan:
Egik butoqlarni silkib qo‘yaman,

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling