Ишнинг умумий тавсифи


Kipriklarim qo‘ng‘irmikan yo qora? Kipriklarim


Download 0.93 Mb.
bet38/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Kipriklarim qo‘ng‘irmikan yo qora?
Kipriklarim yuztamikin yoki ming?
Kipriklarim muncha aziz va sara,
Ko‘zginamning kipriklari...
Quyunlarda qolganimda, changga o‘ralganimda,
Ohangaron to‘zonidan zanji qoralganimda,
Yoki yaxshi timsol izlab, changday taralganimda,
Yoki bir she’r armonida yuz bir ko‘ralganimda,
O‘zbekiston tonglarini bedor kutgan ko‘zlarim,
Tengsiz tonglar falsafasin tashna yutgan ko‘zlarim. (I.362)
Ma’lumki, anafora usulida she’riy asarda misralar boshidagi so‘z yoki birikma takrorlanadi1. Shoir she’rda kipriklarim anaforasini qo‘llab, yosh qalamkashlarni, shuningdek, she’rlarini kiprikka qiyos qilgan holda kipriklarim anaforasini majoziy ma’noda qo‘llagan.
Shoir she’rdagi Kipriklarim qo‘ng‘irmikan yo qora? misrasida, asosan, she’rlariga ishora qilib, she’rlarim yaxshimikan yo yomon? ma’nosida qo‘llagan. Bizga ma’lumki, qora so‘zi adabiyotda asosiy hollarda kecha, qorong‘ilik, yomon, yomonlik ma’nolarini ifodalovchi so‘z sifatida qo‘llanadi. Shuningdek, adib ushbu so‘z vositasida yosh ijodkorlar ijodini ham nazarda tutgan. Chunki ko‘p manbalarda e’tirof etilganidek, har bir yosh qalamkash ijodi Mirtemir nigohidan chetda qolmagan. Shoir ularning ijodiga o‘z munosabatini bildirib borgan hamda g‘amxo‘rlik qilgan. Ularni adabiyot kipriklari, adabiyot jonkuyarlari, adabiyot qo‘riqchilari deb atagan:
Ko‘zlarimga chegarada shay askarday qo‘riqchi,
Ko‘zlarimga olis Bobur g‘ussasiday yo‘riqchi,


Ey, aziz kipriklarim.
Sergaklikda tiriklarning siz-ku eng tiriklari...
Kiprigimday azizlarim, nechog‘liq ham suyuksiz.
Armonimday buyuksiz! (I. 362)
She’rdagi ko‘zlarimga anaforasi badiiy ijodga qiyos kilingan. She’rning umumiy g‘oyasi ham mana shu ikki so‘z – kiprik va ko‘z so‘zlarining anaforik takrori asosida yoritib berilgan. Shoir she’r oxirida Armonimday buyuksiz! deb she’rlariga murojaat qilgan. Ko‘rinib turibdiki, she’rdagi anafora takrorlari, birinchidan, shoirning she’rlari va ijodini majoziy ifodalagan bo‘lsa, ikkinchidan, yosh ijodkorlar va badiiy ijodga qiyos qilingan.
Shoirning Bog‘ ko‘cha she’rida bandlar boshidagi misralarning anafora takrori asosida bog‘lanishi kuzatiladi. To‘rt bandli she’rning uch (birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi) bandida anafora takrori mavjud. Bu takrorlar bir xil shakldagi so‘z birikmasining takrori asosida yuzaga kelgan:
Bog‘ ko‘chadan o‘taman bo‘stonimga,
Har kun salom bitaman jononimga,
Jonon yozar: jonginam, kel yonimga,
Qizlarim, qaydasiz?


Bog‘ ko‘chadan o‘taman tutzor tomon.
Tutzorim orqasida gulzor tomon,
Ko‘nglim qurg‘ur uchadi dildor tomon,
Qizlarjon, qaydasiz? (I.290)
She’rdagi bog‘ ko‘chadan o‘taman birikmasining anafora shaklidagi takrori bandlar mazmunini bog‘lash, umumlashtirish uchun xizmat qilgan. She’rdagi anaforaning jumla shaklida kelishi takrorning ma’nosini yanada aniqlashtirib, ta’sirchanligini oshirgan. Chunki gap so‘zga nisbatan kengroq ma’no ifodalashga xizmat qiladi.
Mirtemir Kenjatoy she’rida bolalarga xos fazilatlarni, ularga bo‘lgan munosabatini bular – mening o‘lkam anaforasi orqali go‘zal tarzda yoritib bergan. Yetti band (28 misra)dan iborat ushbu she’rning so‘nggi bandida anafora takrori mahorat bilan qo‘llangan:
Bularmening o‘lkam kenjatoylari,
Bularmening o‘lkam sho‘x yoshlaridir.
Bularmening o‘lkam yulduz, oylari,
Bularmening o‘lkam quyoshlaridir. (I.326-327)
Banddagi bunday takrorlar bolalarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ko‘rsatgan. Ma’noni obrazli, emotsional ifodalashga xizmat qilgan. She’rning so‘nggi bandidagi bunday takrorlar bolalarga xos bo‘lgan o‘yinqaroqlik, beg‘uborlik, ishonchning ko‘tarinki ruhda aks etishini ta’minlagan. Har bir misrada bolalarga xos xususiyatlarning ma’lum qirrasi ta’kidlangan. Har bir misraning ma’nosi kengayib borgan. Anaforaning gap holida ifodalanishi ham takrorlanuvchi birlikning ma’no ta’sirchanligi kengroq ekanligidan dalolat beradi.
She’rdagi bu kabi anaforalar misralar boshidagi ko‘tarinki ohangdorlikni ta’minlaydi. Kitobxon diqqatini ma’lum bir takrorlangan birlik ma’nosiga tortadi. Shunday qilib, Mirtemir she’riyatidagi anaforalar asarning badiiyligi uchun xizmat qilgan.
Tahlillar ko‘rsatadiki, anafora ijodkor aytmoqchi bo‘lgan fikrni kitobxonga takror-takror uqtiradi, misralarning estetik kuchini oshiradi, ularga ohangdorlik, musiqiylik bag‘ishlaydi. Bu badiiy usulni o‘rgangan tadqiqotchilar “Mikrotekst tarkibida kelgan takrorning matn komponentlarining anaforik chap tomon (levostoronnыy) va kataforik o‘ng tomon (pravostoronnыy) aloqaga kirishishi”ni ta’kidlashgan1. Umuman olganda, anafora usuli nutqqa joziba kiritadi, shoir orzu-istaklarining hayotiyligini ta’minlaydi. Shuning uchun anafora she’rning tashqi ko‘rinishigina bo‘lib qolmay, balki she’riy nutqning mazmuniga, tagma’nolariga ta’sirchanlik baxsh etuvchi vosita hamdir.
Mirtemir she’riyatida eng ko‘p qo‘llangan takror turi – anafora usulidir. Shoir she’rlarida anaforalar so‘z va so‘z birikmasi shaklida takrorlangan. Bu anaforalar asosan, ot, fe’l, olmosh so‘z turkumlaridagi so‘zlar va so‘z birikmalaridan iborat.

3.2. Mukarrar


Mukarrar badiiy san’atlarning takror usullaridan biri bo‘lib, bunda takroriy so‘zning qaytarilishi kuzatiladi. “Mukarrar so‘zi qayta-qayta, ust-ustiga ma’nolarini ifodalaydi. Shu nom bilan ataluvchi lafziy san’at esa baytning har ikki misrasida juft so‘z qo‘llashni nazarda tutadi”1. Bu haqda Atoulloh Husayniy shunday yozadi: “Rashid-i Vatvot depturkim, shuaro mukarrar deb andoq she’rni ayturlarkim, bir baytta bir lafzni keltirurlar va o‘zga baytta aning ta’sirida o‘shul lafzni yana keltirurlar...”2.
Shunday qilib, mukarrar takroriy so‘zning misra, bayt yoki bandda takrorlanishidir. Ma’lumki, juft va takroriy so‘zlar alohida-alohida, farqli tushunchalardir. Juft so‘z bir turkumga oid ikki so‘zning birikishidan hosil bo‘ladi. Takroriy so‘zlar esa bir so‘zning takror qo‘llanishi natijasida yuzaga keladi. Bunda qo‘llangan takroriy so‘z shu misraning o‘zida, bayt yoki bandda takrorlanishi mumkin. Shuningdek, misra, bayt, bandda ikki xil shakldagi takroriy so‘z qo‘llanishi ham mukarrar takrorini yuzaga keltiradi. Zero, badiiy asardagi har qanday takror ma’lum maqsadda qo‘llanib, uslubiy vazifa bajarishga xizmat qiladi. Aks holda u badiiylikni ta’minlamaydi. Aslida so‘zning odatdagi har qanday uslubda takroriy qo‘llanishida ham oddiy takror qo‘llanishidan farqli tomonlar mavjud bo‘ladi. “Takroriy so‘z deganda har qanday so‘zning oddiy takrori emas, balki bir so‘zning takror holda qo‘llanishi bilan shu so‘zning leksik ma’nosidan tashqari ma’lum grammatik ma’nolar (ko‘plik, davomiylik kabi ma’nolar) ifodalovchi, leksik va grammatik jihatdan bir butunlikni tashkil qiluvchi takrorlar tushuniladi”3.
Mumtoz adabiyotimizda, shuningdek, hozirgi zamon o‘zbek adabiyotida mukarrar takrorining turli xil shakllarini uchratamiz. Bu takrorning Mirtemir she’riyatida o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘lgan holatlari uchraydi. Mirtemir mukarrar takrorini mahorat bilan qo‘llab, uning go‘zal namunalarini yaratdi. Shoir she’riyatidagi bunday takrorlarni qaytarilish o‘rniga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: bir misrada va misralararo qo‘llangan takrorlar.
1. Mirtemir she’riyatida takroriy so‘zlar bir misrada birdan ortiq qo‘llanib, uslubiy vazifa bajarib kelgan. Bunda ma’lum bir misrada takroriy so‘zlar yonma-yon qo‘llanishi yoki misraning turli o‘rinlarida takror kelishi mumkin. Shoirning “Yodgorlik”, “Yil boshi orzulari”, “Askarday”, “Yorti asr qo‘shiqlaridan” kabi she’rlarida misradagi takroriy so‘zlar yonma-yon qo‘llangan bo‘lsa, “Cho‘l kechasi”, “Qush” kabi she’rlarida misraning turli o‘rinlarida takroriy so‘zlar qo‘llangan. Jumladan, “Yil boshi orzulari” she’rida qo‘llangan takroriy so‘zlar ko‘plikni bildirishi bilan birga ma’noni kuchaytirishga, uni bo‘rttirishga, ushbu misraning kuchliroq ohang bilan aytilishiga xizmat qilgan:
Qardosh ellar, davraga kel,

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling