Ишнинг умумий тавсифи


Qora o‘rmon, qalin o‘rmon


Download 0.93 Mb.
bet35/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Qora o‘rmon, qalin o‘rmon,
Olis diyor...
So‘ngsiz yobon, sovuq yobon,
Tizzadan qor...
Yuz xatar bor, jangchi bilmas,
Balo tayyor... ko‘zga ilmas! (I. 300)
She’rda Qora o‘rmon, qalin o‘rmon, Olis diyor... misralari har bir band
boshida takrorlanib kelgan. Bu takrorlar cheksiz daladagi, ya’ni so‘ngsiz
yobondagi urush dahshatini ta’sirchan ifodalagan. Takror misralardagi har bir so‘z yoki birikma umumlashma xususiyatga ega. Ularning har biri salmoqdor mazmunni ifodalaydi. Takror birliklar o‘quvchi diqqatini urush manzarasi holatiga jalb etadi. Kitobxonda bepoyon dalalarni to‘plarning olov tutunlari bilan qora o‘rmonga aylantirgan urush dahshatlariga nisbatan nafrat uyg‘otadi.
Shoirning “Jonon” she’rida bandlar oxiridagi ikki misraning takror qo‘llanishi kuzatiladi. Har bir bandi sakkiz misradan iborat ushbu to‘rt bandlik she’rning dastlabki band oxiridagi ikki misrasi har bir band oxirida takror qo‘llanadi:
Oqshomga hali uzoq,
Kezdim dalada ko‘p choq.
Men izlagan yorga oshna
Paxtazorda har yaproq.
Kuch to‘kar fasli bahor,
Avj olmoqda paxtazor.
Dalada yurar jonon qiz,
Ko‘zlariga men xumor. (I. 288)
She’rda mehnat va muhabbat uyg‘unligi berilgan. Oshiqning daladagi mehnati uning yorga bo‘lgan muhabbati singari.
Umuman olganda, Mirtemir she’riyatida misra va band takrori ham takrorning boshqa turlari singari o‘ziga xos uslubiy vazifa bajarishga xizmat qilgan. Shuningdek, misra va band takrorida boshqa takrorlardan farq qiluvchi quyidagicha o‘ziga xosliklar kuzatiladi:
– misra va band takrorlari she’r misralarida qat’iy qo‘llanish o‘rniga ega emas;
– misra va band takrorlari boshqa takrorlarga nisbatan yirikroq til birligi bo‘lib, bu birliklarda ifodalangan ma’no kengroq tushunchani anglatadi;
– misra va band takrorlari she’rning asosiy g‘oyasini o‘zida mujassam etadi.
Xullas, Mirtemir o‘z she’rlarida grammatik takrorning, asosan, sintaktik takror shaklidan ko‘proq foydalangan. Bunda halqa hamda misra va band takrorlari asosiy uslubiy vosita bo‘lib xizmat qilgan va asar badiiyatining talab darajasida bo‘lishiga xizmat qilgan.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling