Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet32/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Qaldirg‘och qaytibdi-da.
Ko‘klam quchoqlarida keng olam lorsillashi...
Qaldirg‘och qaytibdi-da. (II. 92)
Ushbu she’r 16 misradan iborat bo‘lib, ikkinchi misrasi to‘rtinchi misra shaklida; oltinchi misra sakkizinchi misra shaklida; o‘ninchi misra o‘n ikkinchi misra shaklida; o‘n to‘rtinchi misra o‘n oltinchi misra shaklida takror qo‘llangan. Shuningdek, barcha takror misralar o‘zaro ohangdosh. She’rda qaldirg‘och qaytishi bilan bog‘liq holatlar ifodalangan. Misralardagi mazmunni qaldirg‘och qaytishi va qaldirg‘och qo‘shig‘i asoslaydi. Shoir bahor kelganidan xursand. Qaldirg‘och qo‘shig‘i shoirning yoshligini eslatadi. Takror misralar ma’noni ta’kidlab, she’rga umumiy bir mayin ohang bag‘ishlagan. She’rda misralar takrori vositasida, birinchidan, bahorning kelishiga ishora bo‘lsa, ikkinchidan, ramziy ma’no yuklab, inson umrining ko‘klam chog‘i – yoshligidan xabar berishi, yoshligini esga solishi nazarda tutilgan. Bunday falsafiy mazmun, ramziy fikr takror (refren) misralar vositasida umumlashma holda to‘laqonli ochib berilgan:
Esga tushar go‘daklik – umrimning ko‘klam chog‘i,
Qaldirg‘och qo‘shig‘idan.
Esga tushar sho‘xligim – to‘palon soy qirg‘og‘i,
Qaldirg‘och qo‘shig‘idan. (II. 92)
Shoirning “Betobligimda” she’ri uch band (12 misra)dan iborat bo‘lib, har bir bandning birinchi va uchinchi misrasi Majnuntol tagiga o‘tqazing meni shaklida qaytarilib, she’r davomida olti marta takrorlangan. Bu takror misralar vositasida majnuntol obrazi yaratilgan:
Majnuntol tagiga o‘tqazing meni,
Qovrilmay g‘ashlik alangasida,
Majnuntol tagiga o‘tqazing meni,
Nafasimni rostlay ko‘lankasida. (II. 228)
Mirtemir ushbu she’rda misra takrori vositasida, birinchidan, majnuntol obrazini yaratgan, ikkinchidan, she’rning g‘oyaviy mazmuni bilan uning o‘qilishi o‘rtasida musiqiy mushtaraklik va hamohanglikni kashf etgan. “Chinakam san’at asari ijodkorning shaxsi, tarqoq ma’noda aytsak, albatta, tarjimai holi bilan chambarchas bog‘liqdir”1. She’r Mirtemir betobligi paytlarida yozilgan. She’rda shoirning qalb iztiroblari mahorat bilan yoritilgan. Shoirning majnuntol obraziga murojaat etishi ham bejiz emas, albatta. Majnuntol – novdalari pastga egilib o‘sadigan tolning bir turi. Majnuntol obrazida g‘amxo‘r, mehribon, hamdard, saxovatpesha insonlar obrazini ko‘rishimiz mumkin. Chunki shoir majnuntol tagiga o‘tqazishdek e’zozga loyiq bo‘lgan.
Mirtemirning “O‘zim bilaman...” she’rida ham misra takrori mavjud. Bu Bitta o‘zim bilaman misrasi takroridan iborat bo‘lib, to‘rt band (16 misra)dan iborat she’rning har bir bandining oxirida refren misra shaklida takrorlanib kelgan va she’rda 4 marta takrorlangan:
Qulog‘imda yangrar doim bir nido,
Xo‘rsinaman, ko‘z yoshimni sitaman.
Shu nidoga ne sababdan jon fido –

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling