Ишнинг умумий тавсифи
Xarsang toshday jimlik bosar
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
Xarsang toshday jimlik bosar, lekin bu – o‘tmish... (II. 54)
Ko‘rinib turibdiki, takror qo‘llanishda ma’no tasirchanligi kuchliroq ifodalangan. Bola uchun yetimlik juda og‘ir. Uning ko‘ngli yorishmaydi. Buni keltirilgan bandning uchinchi misrasida toshday zil jimlik bosishi bilan ifodalagan bo‘lsa, to‘rtinchi misrada toshday zil jimlik tushunchasi xarsang toshday jimlik shaklida aks etgan. Ya’ni bu odatdagi toshning og‘irligi emas, xarsang – eng katta va eng og‘ir toshning bosishidek sukunat. Demak, takror qo‘llanishda obrazli-emotsional ifoda yuzaga kelgan. Bunda esa takrorlanuvchi birliklar, odatdagidek, ikki so‘zdan iborat bo‘lmay, ikkidan ortiq qo‘llanishi ham ma’no ta’sirchanligining oshishini ta’minlagan. Tardi aks takrorini hosil qiluvchi birliklar, odatda, yondosh so‘z yoki birikmalarning o‘rin almashib kelishi asosida hosil bo‘ladi. Shuningdek, ba’zan misraning turli o‘rinlaridagi so‘zlar tardi aks takrorini ham hosil qilishi mumkin. Bu esa ijodkorning so‘zni qo‘llay olish mahoratidan kelib chiqqan holda amalga oshiradi. V.Rahmonov an’anaviy tardi akslar hamisha yondosh so‘zlarning o‘rin almashishi jarayoni bilan xarakterlansa, keyinchalik bu talabga ijodiy yondashgan mualliflar tardi aks ko‘rsatkichlari o‘rnini misrada erkin qilib qo‘yishni odat tusiga kiritishganini ta’kidlaydi1. Tardi aks takrorida takrorlanuvchi birliklar o‘zgarib takrorlanishi yoki o‘zgarmasdan takrorlanishi mumkin. Tardi aks takrorida bunday birliklarning o‘zgarmay takrorlanishi aksi tomm (to‘liq aks), o‘zgargan holda takrorlanishi esa aksi noqis (nuqsonli aks) deyiladi. Mirtemirning “Tong taronasi”, “Baxt”, “Qo‘zi”, “Nahang” she’rlarida aksi tomm takrori mavjud bo‘lsa, “Tarsaki”, “Suv va suluv”, “Qarqaralik”, “Ko‘ngil”, “Qimiz”, “Qor qo‘msash” she’rlarida aksi noqis takrori uchraydi. Shoirning “Ko‘nglim” she’rida jiydash va ko‘ngil so‘zlari bilan bog‘liq takror mavjud bo‘lib, bu so‘zlar takror qo‘llanganda o‘zgargan holda qo‘llanib, aksi noqis takrorini yuzaga keltirgan: Seldan keyin har gal o‘sha kamalak, Seldan keyin har gal yarqirar falak, Seldan keyin har gal tushadi tog‘dan Sochlari jingalak, o‘sha sho‘x malak... Tog‘dan tushmay qolsa, yonaman g‘ashda, Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling