Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet28/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Suv suluvdan suluvroq,
Suluv suvdan suluvroq ... (II. 87)
She’r ikki band (har bir bandi 18 misra)dan iborat bo‘lib, har ikkala band oxirida Suv – suluvdan suluvroq, Suluv – suvdan suluvroq misralari takror kelgan. Bu takror misralarda suv va suluv so‘zlari tardi aks shaklida takrorlangan. She’rdagi naqarot misralar shoir tomonidan ijod qilingan nafis badiiy topilma deyish mumkin.
Bu misralar she’rda ikki marta naqarot bo‘lib kelgan. Ularda tovush va so‘z takrorlari, o‘xshatish o‘ziga xos shaklda qo‘llangan. Shuningdek, misralardagi to‘liq ohangdoshlik tarsi’ san’atini ham yuzaga keltirgan. She’rning asosiy mazmuni shu misralarga yuklatilgan. Paxtazor dalasining jannatday barq urishi suv va suluvga bog‘liq. Suv va suluv bir-biridan go‘zal. Bu go‘zallik suvning hayot ramzi ekanligi bo‘lsa, suluvning mehnatidir.
Suvga chanqoq bo‘lgan paxtazor dala tuprog‘i uchun suvchi qiz bilan bu tuproq chanqog‘ini qondiruvchi suv bir xilda suluvdir. Shoir takrorni qo‘llashda qiyosiy ifodalash usulidan foydalangan. She’rdagi bunday qiyosiy ifodalash bu so‘zlardagi uslubiy ma’noni kuchaytirgan. Bunday takrordan shu narsa ayonki, bepoyon dalani ekinzorga aylantirgan qiz – suluv, go‘zal. Shu bilan birga, bu ekinzor uchun suv ham suluv, hatto qizdan ham suluv. Chunki paxtazor suvga chanqoq, mushtoq, shuningdek, suv egasi – suvchi qiz suluv bo‘lgan suvdan ham suluvroq.
Ammo bunday qiyosiy almashtirish orqali suv ham, suvchi qiz ham go‘zal, suluvdir, degan fikr oldinga suriladi. Shoir suvchi qiz ta’rifida chiroyli, go‘zal, gulyuz kabi so‘zlardan foydalanishi mumkin edi. Bunga ikki holat yo‘l qo‘ymagan: 1) unda tardi aksning buzilishi; 2) s tovushining takroridan yuzaga kelgan fonetik uyg‘unlik. Demak, misralardagi go‘zal va nafis tasvir ikki badiiy san’atning baravar qo‘llanishidan yuzaga kelgan.
2. Mirtemir she’riyatida tardi aks so‘z va so‘z birikmalarining o‘zaro qaytarilishi asosida ham yuzaga kelgan. Shoirning “Tong taronasi”, “Baxt” kabi sochma she’rlarida shunday takrorlar mavjud. “Tong taronasi” sochmasida shoir buni quyidagicha ifodalaydi:
Endi u davrlar yo‘q!
Manhus yillar bitdi!..

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling