Ишнинг умумий тавсифи
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
Seni, Farg‘onaginam!
Sen zamonlar qalbida Sho‘x qo‘shiq, jarang nido. Yetti iqlim tojida Ey gavhar donaginam, Ko‘zim qarog‘idasan, Ne jon – jonlar ham fido... (II. 146) * * * Shundog‘am sevamanki... Har bir bandda ifodalangan fikr she’r oxirida umumlashtirilgan. She’r oxiridagi “Shundog‘am sevamanki...” misrasining alohida holda takror kelishi ularning bir butunligini ta’minlagan. Mirtemir she’rlarida har bir element o‘z o‘rnida qo‘llangan. Uning ba’zi she’rlarida misralar oxirida turli xil leksik va affiksal elementlar qo‘shilib keladi. Bu ham she’rning o‘ziga xos ohangi bilan yuzaga kelgan. Ushbu she’rda ham misra takrori bilan birga -gina qo‘shimchasining takror kelishi kuzatiladiki, bu o‘ziga xos shaklda qo‘llanib, uslubiy vazifa bajargan hamda misra takroriga qo‘shimcha uslubiy ma’no yuklagan: Shundog‘am sevamanki, Seni, Farg‘onaginam! Bahor bahra olgudayTansiq, o‘tlug‘ nafasing. Pariday tiniqqinam, Tengsiz jononaginam, Tonggi tushday fusunkor Sen to‘qimish atlasing... (II. 145) Shoirning Farg‘onaga bo‘lgan muhabbati, mehri takror misralarda takror-takror ta’kidlangan. Bunda Farg‘onaginam so‘zida -gina qo‘shimchasi bilan bog‘liq o‘zgacha uslubiy ma’no mavjud. Farg‘ona nomi va uning tarkibidagi -gina qo‘shimchasi iliq mehrni, yaqinlikni, dildan chiqadigan e’zozni takror-takror ta’kidlagan. Shuningdek, -gina qo‘shimchasi tiniqqinam, jononaginam so‘zlarida ham o‘ziga xos shaklda qo‘llanib, ma’noning yanada ta’sirli ifodalanishiga xizmat qilgan. Bu qo‘shimchaga “O‘zbek tili grammatikasi”da quyidagicha ta’rif berilgan: “-gina (-qina, -kina) yuklamasi: a) mustaqil so‘zlar (ot, sifat, olmosh, son, fe’l, ravish va ayrim fe’l formalari hamda ayrim ko‘makchilar) bilan, tufayli, uchun va shu kabilardan so‘ng kelib, ayirib ko‘rsatish, chegaralash ma’nolarini bildiradi; b) predmet yoki harakat belgisini bildiruvchi so‘zlardan so‘ng kelib, predmet yoki harakat belgisini ayirib ko‘rsatish bilan birga, o‘sha belgida kamlikni, kuchsizlikni ham ifodalaydi”.1 She’rdagi Farg‘onaginam, jononaginam so‘zlarida erkalash qo‘shimchasi bo‘lib kelgan bo‘lsa, tiniqqinam so‘zida sifatning ozaytirma darajasi shaklida qo‘llangan. Mirtemir o‘z she’rlarida halqa takrori sifatida she’r oxirida bayt va bandlarni takror qo‘llab, ularga ma’lum uslubiy ma’no yuklagan. Shoirning “Opoqi” she’rida ham shunday takrorlardan biri kuzatiladi. Bunda she’rning dastlabki ikki misrasi she’r oxirida takror kelgan. She’rning birinchi bandi quyidagi ikki misradan iborat: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling