Tuproqda hikmat ko‘p, jigarginam, hey!
* * *
Ne-ne odam shu tuproqda yotibdi benom,
Navoiy ham shu tuproqda olmoqda orom.
Tengsiz bir mamlakatning eng ardoqligi,
Tengsiz bir mamlakatning vaqti chog‘ligi,
Nainki mamlakat, yuz ajdod faxri,
Na ajdod, na avlod, odamzod faxri. (II. 156)
Oxirgi band:
Zangladimu sog‘ qoldim
Va asrimdan baxtim ulushin oldim.
Aslida temir ham tuproqdan-da,
Temirdagi shu jo‘n sir ham tuproqdan-da!
* * *
Tuproqda hikmat ko‘p, jigarginam, hey! (II. 157)
Bunda takrorlanuvchi misra Tuproqda hikmat ko‘p, jigarginam, hey! misrasi bo‘lib, bu she’r boshida tezis fikr sifatida alohida ajratib berilgan va she’r o‘rtasida hamda oxirida takror kelib, she’rning bir butunligini ta’minlagan. Bu esa shu tuproqning, ona zaminning bebaholigini, shu ona-Vatanning muqaddasligini ifodalovchi hikmat. Shoir she’r g‘oyasini shu misraga singdirgan. Bunda tuproq so‘zi keng ma’noda qo‘llanib, badiiy konsent darajasiga ko‘tarilgan. She’r misralarida ona-yurt, ona-Vatan ma’nolarini ifodalagan. Misraning she’r oxiridagi takrori misralardagi fikrlarni ta’kidlaydi. Shuningdek, she’rda anafora, assonans, alliteratsiya kabi bir qancha takror usullari mahorat bilan qo‘llanib, she’rga o‘zgacha ruh baxsh etgan.
Shunga o‘xshash takror shoirning “Shundog‘am sevamanki...” she’rida ham mavjud. Shoir Shundog‘am sevamanki... misrasini halqa takrori sifatida qo‘llagan. She’rda lirik qahramonning Farg‘onaga bo‘lgan muhabbati ulug‘langan. Besh banddan iborat she’rning har bir bandi Shundog‘am sevamanki seni, Farg‘onaginam! misrasi bilan boshlangan hamda she’r oxirida takror qo‘llanib, halqa takrorini yuzaga keltirgan. Bu esa Vatanga bo‘lgan muhabbatni har bir bandda qayta-qayta ta’kidlashdan iborat va she’rdagi asosiy “yuk”ni ushbu takrorlanuvchi misra tashiydi.
Dastlabki band: Shundog‘am sevamanki,
Seni, Farg‘onaginam!
Ne bilay, bormi o‘zi
Bu olamda o‘xshashing?
Asl tuproq, qutlug‘ yurt-
So‘lim, dilrabo, shinam,
Jonday aziz, azaldan,
Ardoqli mehnatkashing... (II. 145)
Oxirgi band: Shundog‘am sevamanki
Do'stlaringiz bilan baham: |