Ишнинг умумий тавсифи
II BOB MIRTEMIR ShE’RIYaTIDA GRAMMATIK TAKRORLAR
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Tashobehul-atrof
II BOBMIRTEMIR ShE’RIYaTIDA GRAMMATIK TAKRORLARBadiiy matndagi grammatik takror deganda biror qo‘shimcha, so‘z birikmasi, gap, she’riy misra yoki bandning matnda yoki she’r misralarida ijodkor tomonidan maqsadli takrorlanishi tushuniladi. Bunday takror qo‘llanish qo‘shimcha ma’no ottenkasiga ega bo‘lib, turli uslubiy vazifa bajarishga xizmat qiladi. Grammatik takror tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, morfologik va sintaktik takrorlarni o‘z ichiga oladi. Morfologik takrorda, asosan, qo‘shimchalarning u yoki bu shaklda takror kelishi yoki ohangdoshligi yuzaga kelsa, sintaktik takrorda, asosan, so‘z birikmasi, gap yoki gap shakllari, she’riy misra yoki band takrorlari hosil bo‘ladi. Mirtemir she’riyati uchun grammatik takrorlarning tashobehul-atrof, halqa, tardi aks, misra va band takrori kabi turlari xarakterli bo‘lib, shoir bu kabi takror usullaridan unumli foydalangan. Shuningdek, grammatik takrorning boshqa turlari ham shoir she’riyatida qo‘llangan. Grammatik takrorlarning, ayniqsa, sintaktik takrorlarning boshqa turlaridan farqi shundaki, bunday takrorlarda gap, misra yoki band to‘lig‘icha takrorlanib, fikrni kengroq va batafsilroq ifodalashga, tasvirni atroflicha yoritishga qaratilgan bo‘ladi. Chunki bunday birliklar fonetik yoki leksik birliklarga nisbatan kengroq tushuncha ifodalashga xizmat qiladi. Quyida grammatik takror turlaridan shoir she’riyati uchun xarakterli bo‘lgan tashobehul-atrof, halqa, tardi aks, misra va band takrorlarining qo‘llanishi, lingvopoetik ma’no anglatishi va bu orqali asar tilining jonli, ta’sirchan hamda jozibali ruh kasb etishi haqida to‘xtalib o‘tamiz. 2.1. Tashobehul-atrof“Tashobehul-atrof – arabcha taraflarning o‘xshashligi so‘zidan olingan bo‘lib, yozuvchi o‘zi tuzgan gapning oxiridagi so‘zlarini yoki misra oxiridagi bo‘lakni boshqa (keyingi) jumla yoxud misra boshida aynan keltirish (takrorlash) yo‘li bilan taraflarning o‘xshashligiga erishish usuli”1. Bu usul tarixiy poetikaga oid manbalarda tasbig‘ san’ati deb yuritilgan. Tashobehul-atrof misra bilan misrani, bayt bilan baytni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiladi. Adabiyotshunos Yoqubjon Is’hoqov uning xususiyatlarini batafsil yoritib bergan2. Tashobehul-atrof she’riy matnda qat’iy qo‘llanish o‘rniga ega bo‘lgan takror hisoblanadi. Bayt doirasida qo‘llanganda birinchi misraning oxirida qo‘llangan so‘z yoki so‘z birikmasi ikkinchi misra boshida takror keladi. Band doirasida qo‘llanganda birinchi bayt oxiridagi so‘z yoki so‘z birikmasi ikkinchi bayt boshida takrorlanadi. Shuningdek, u bandlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham ta’minlaydi. Ya’ni biror band oxiridagi so‘z yoki birikma keyingi band boshida takror qo‘llanadi. Mirtemir takrorning bu turidan unumli foydalangan. Adib she’riyatidagi tashobehul-atrof takrori so‘z va so‘z birikmalaridan iborat. Bu birliklar she’rdagi misralarni, bandlarni bir-biriga bog‘lagan. Tashobehul-atrof, asosan, misralar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlab kelgan bo‘lsa, baytlar o‘rtasidagi, shuningdek, bandlar doirasidagi bog‘liqlikni ta’minlovchi takrorlarning qo‘llanishi tarixiy poetikada musalsal (uchma-uch ulash) deb ham yuritilgan. “Musalsal (arabcha zanjirsimon, ya’ni halqa-halqa qilib ulash) she’r band (bayt)larini badiiy takrorlar vositasida bir-biriga halqa-halqa qilib bog‘lash usuli”.3 Bu usul hozirgi she’rshunoslikda uchma-uch ulash deb ham yuritiladi. “Uchma-uch ulash (stik yoki simploka) – badiiy takrorlarning bir turi bo‘lib, bir jumla yoxud bir misra oxiridagi so‘z yoki so‘z birikmasi boshqa jumla yoki misraning bosh qismida takrorlanib kelishi”1. Musalsal yoki uchma-uch ulash takrori ham tashobehul-atrof takrori singari misralar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlaydi. Bunda biror misraning oxirgi so‘zi yoki so‘z birikmasi keyingi misrada takror keladi. Qayd qilingan holatlarni hisobga olib, Mirtemir she’riyatida mavjud musalsal takrorini ham tashobehul-atrof takrori doirasida tadqiq etishni lozim topdik. Shoir she’riyatidagi takrorlar misra va bandlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash bilan birga o‘ziga xos ta’sirchanlikni yuzaga keltiradi. Tashobehul-atrof misralar, baytlar yoki bandlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlaydi, she’rda kompozitsion butunlikni yuzaga keltiradi, ma’lum bir so‘z yoki so‘z birikmasining alohida ajralib turishini ta’minlaydi. Mirtemirning “Jilg‘a bo‘yida”, “Salom xat”, “Do‘stimning umr yo‘ldoshi”, “Baliq ovi”, “Dorilfunun xiyobonida”, “Salqin sahar, daryo bo‘yi...”, “Tuproq to‘g‘risida” kabi she’rlarida tashobehul-atrof takrorining go‘zal namunalarini uchratishimiz mumkin. Jumladan, “Baliq ovi” she’rida bunday takrorlar quyidagicha yuzaga kelgan: Bizning qishloq tog‘ bag‘rida, Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling