Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet15/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Shopirib-shopirib Shodmonjonga suz,
O‘pirib-o‘pirib O‘rmonjonga suz.
Qarama hech kimning qosh-qovog‘iga,
Sanamay sakkiz de, o‘ylamay to‘qqiz. (II. 321)
“Baxshiyona to‘rtliklar” turkumiga kiruvchi ushbu “Kuning kelipti-da...” to‘rtligida tovush ohangdoshligi quyidagi shaklda yuzaga kelgan.
1-misra: sh-sh-sh
2-misra: o‘-o‘-o‘
3-misra: q-q-q
4-misra: s-s-z-z
Mirtemir she’riyatida, jumladan, to‘rtliklarida folklor tiliga xos xususiyatning ta’siri sezilarli ravishda kuzatiladi. Shoir “Kuning kelipti-da...” to‘rtligida xalq donoligining ifodasi bo‘lgan maqol va iboralardan unumli foydalangan. Bunda shoir axloqiy me’yorlarga tayangan holda falsafiy xulosalar chiqargan. Sanamay sakkiz deguvchi, o‘z davri kelib birov bilan hisoblashmay qolgan kishilarni achchiq kinoya ostiga olgan. She’rdagi tovushlar takrori, birinchidan, xalqona ohangni yuzaga keltirgan bo‘lsa, ikkinchidan, she’r musiqiyligini ta’minlab, ta’sirchanlikni oshirgan. Shuningdek, har bir misrada alohida bir tushunchaga urg‘u berilgan, har bir misrada alohida bir fikr, g‘oya ilgari surilgan.
Umuman olganda, Mirtemir o‘z she’riyatida alliteratsiyadan unumli foydalanib, turli shakllarni yuzaga keltirgan va ularning har biriga uslubiy vazifa yuklay olgan. Shoir she’rlarida, asosan, s, q, m, sh, k, ch, j, b, z, g‘ kabi undosh tovushlar takror qo‘llanib, o‘ziga xos uslubiy vazifa bajarib kelgan. Ayniqsa, s va q undoshlari takrorlari ko‘plab uchraydi. S tovushi bilan bog‘liq takrorlarda sevgi, so‘lim, soch, sunbul, sokin, sabo, salqin, sen, silagan, suluv, sahar kabi so‘zlardan foydalangan bo‘lsa, q tovushi bilan bog‘liq takrorlarda, asosan, turli shakllardagi ot va fe’l so‘z turkumlaridagi so‘zlarni qo‘llagan.

1.2. Geminatsiya


Geminatsiya – poetik nutqda keng qo‘llanadigan fonetik usullardan biri bo‘lib, qo‘sh undoshlik deb ham yuritiladi. Qo‘sh undoshlik ikki aynan bir xil undoshli holatning yuzaga kelishi hisoblanadi1. Ushbu hodisa manbalarda “qo‘sh undoshlik”2, “geminatsiya”3, “undoshlarni qavatlash”4, “qo‘shoqlanish” yoki “ikkilangan undosh”5 kabi turli nomlar bilan yuritilgan. Bunda she’rdagi misralardan birida ma’lum bir tovush atayin ortiqcha qo‘llanadi. Ya’ni nutqimizda so‘zdagi undosh tovushni ikkilantirish – geminatsiya hodisasi ham badiiy tasviriy vosita hisoblanib, badiiy asarda maqsadli qo‘llanadi. Undosh tovushning bunday ikkilantirilishi qavatlanish deb ham yuritilib, u so‘z ma’nosini kuchaytirishga, nutqning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.
H.Ne’matov o‘zbek tilining tarixiy fonetikasiga oid asarida qo‘shoqlanishning faqat ikki unli orasidagi yakka undoshda sodir bo‘la olishi bilan fonetik o‘zgarishlarga o‘xshashini, bu usul, asosan, ikki unli orasida kelgan k, q, t, l tovushlarining qo‘shaloq qo‘llanishi natijasida sodir bo‘lishini, shuningdek, qadimda 2, 7, 8, 9, 30, 50 sanoq sonlarini nomlashda ham sodir bo‘lganligini, chunki tarixda bu sonlarni bir undosh bilan ham, ikkilangan undosh bilan ham talaffuz etish mumkin bo‘lganligini ta’kidlaydi6.
Har qanday ikki unli o‘rtasidagi qo‘sh undosh geminatsiyani vujudga keltirmaydi. Chunki tilimizdagi ba’zi so‘zlarda undoshlarning qo‘shaloq qo‘llanishi me’yoriy holat bo‘lib, biror qo‘shimcha ma’no ottenkasiga ega bo‘lmaydi. M.Yo‘ldoshev undoshlarning qavatlanishi haqida fikr bildirib, shunday yozadi: “Undoshlarning qavatlanishi alohida uslubiy vositadir. Duch kelgan tovushni qavatlab qo‘llab bo‘lmaganidek, so‘zda turli sabablar bilan yonma-yon kelgan barcha undoshlar ham lingvopoetik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lavermaydi”1.
Undosh tovushni ikkilantirish usuli Mirtemirning “Go‘dakligim”, “Aso” she’rlarida qo‘llangan:
Go‘dakligim tutdi bugun
Qoratog‘ning etagida,
Haqqim bor-da tuprog‘ida,
Bulog‘ida, chechagida:
Haqqim qolmish qaymog‘ida,
Qovunida, go‘jasida,
Haqqim qolmish ertak misol
Bitta pari chehrasida. (“Go‘dakligim”. II. 105)
Yoki:
Negaki men hamisha
Xalqimga ishongandim.
Xalqimga va insoniy
Haqqimga ishongandim. (“Aso”. II. 349)
Ushbu she’rlarning har ikkalasida haq so‘zi oxirida kelgan q tovushining qavatlanishi mavjud. O‘zaro qiyoslab ko‘radigan bo‘lsak, bu she’rlarning har ikkalasida ham haq so‘ziga -im birinchi shaxs egalik qo‘shimchasini qo‘shish natijasida haqim so‘zi o‘rniga haqqim so‘zi qo‘llangan. Bunda q tovushining maqsadli qo‘llanganini va she’r mazmuniga qandaydir qat’iylik, o‘ziga ishonch hissini kiritganini ko‘ramiz. Haqqim so‘zi ikkala she’rda ikki xil uslubiy vazifa bajargan. “Go‘dakligim” she’rida bu so‘z inson yoshligi o‘tgan joy, yoshlik xotiralari kishi uchun ajralmas bir butunlik ekanligini ta’kidlab ko‘rsatgan va ona-Vatan, qadrdon elga bog‘lanish, uning haqqoniy, qonuniy farzandi ekanini ta’kidlashga xizmat qilgan. “Aso” she’rida bu takror o‘z xalqiga bo‘lgan mehrni, uning bir bo‘lagi sifatidagi e’tiqodni hamda g‘ururni ifodalashga xizmat qilgan. Har ikkala holda fikrdagi qat’iylik, ko‘tarinkilik, ta’sirchanlik mavjud.
Xullas, geminatsiya alohida uslubiy vosita sifatida Mirtemir she’riyatida q tovushi asosida hosil qilingan. Bunda q tovushining qavatlanishi asosida mantiqiy urg‘u shu so‘zga tushgan va so‘z ma’nosini ta’kidlab, ekspressivlikni yuzaga keltirgan.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling