Ишнинг умумий тавсифи
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
Charchoq, chanqoq, baribir,
Quvnoq ko‘krak kerasan, Azmkorsan, shashtingdan Adir qolmas, cho‘l qolmas. (II. 178) Ushbu bandda terimchi dehqonning horg‘in va tashna holati ohangdosh so‘zlar vositasida ifodalanib, ma’no kuchaytirishga xizmat qilgan. Shoirning bu kabi takrorlarida ohangdosh so‘zlarning yonma-yon kelishi shu so‘zlar ifodalayotgan tushunchalarga urg‘u berishga xizmat qilgan. Chanqoq va chatnoq, charchoq va chanqoq ohangdosh so‘zlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqa beixtiyor o‘quvchining diqqatini tortadi, bir-birini to‘ldiradi va mazmunni chuqurlashtiradi. Chanqoq va chatnoq so‘zlari yana banddagi tuproq va ko‘proq so‘zlari bilan ham ohangdoshlik kasb etgan va so‘zlardagi fonetik takrorlar butun band davomida ifodaviylikni ta’minlagan. Charchoq va chanqoq so‘zlari esa banddagi quvnoq so‘zi bilan xuddi shunday munosabatda. O‘ziga xosligi shundaki, quvnoq so‘zi bilan charchoq va chanqoq so‘zlari o‘rtasida ma’lum ma’noda zidlanish bor va shu zidlanish mehnat mashaqqati va uning oqibatida yuzaga keluvchi rohatni ta’kidlashga xizmat qilgan. 4. She’rdagi ma’lum bir band misralari bir xil tovush bilan boshlanadi. Bunday takror “Oboy-boboy”, “Vabo”, “Qarqaralik” kabi she’rlarida qo‘llangan. Jumladan, “Vabo” she’rida bu quyidagicha aks etgan: Sokit, so‘lim kecha... Men soqchi edim, Soyalarday yiroq qorovulxona. Sokit, so‘lim kecha, to‘rt tomonim jim... Saqlar edim elni mardona. (I. 251) “Vabo” she’ridan olingan ushbu bandda misralar s tovushi bilan boshlanib, tovushlar ohangdoshligini yuzaga keltirgan. Bu ohangdoshlik misralar tarkibidagi s tovushi mavjud so‘zlarning ham vertikal, ham gorizontal joylashishida yuz bergan. “Vertikal alliteratsiya, asosan, she’riy matnga xos bo‘lib, misralar boshidagi so‘zlarda, ya’ni misralararo, gorizantal alliteratsiya esa misra yoki jumla ichida bo‘lishi mumkin”1. She’r urush yillarida yozilgan. U Vatan himoyasi uchun jang qilayotgan askar tilidan bayon qilinib, bunda jangchining Vatan himoyasi yo‘lidagi jonbozliklari ohangdosh takror tovushlar vositasida yanada ta’sirli ifodalangan. “Vabo” – nemis fashistlarining bosqini. Yov bosqini tufayli elning osoyishtaligi buzilgan. Shunday “vabo” yog‘ilgan bir davrda shoir xalqqa ruhiy madad bergan. Qalamini qurolga aylantirib, o‘quvchi tasavvurida urush va uning oqibatlarini yanada jonliroq ifodalash uchun shoir hayotni osoyishta manzarada tasvirlaydi. Banddagi tovush takrorlari ham o‘sha sokinlik, osoyishtalik, tinchlikni ta’kidlagandek tasavvur uyg‘otadi. Keltirilgan bandda faqat tovush takrori mavjud bo‘lmay, balki so‘z va birikmalar (sokit, so‘lim kecha) ham takror kelib, bunday takrorlar she’rning turli qismlarida turlicha hosil qilingan. Bu jangchining turli psixologik holatini namoyon qiladi. Quyidagi bandda bu anafora takrori shaklida yuzaga kelgan: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling