Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet10/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Sim-sim yomg‘ir, sirli soz misol.
Pichirlaydi ona tabiat.
Saxiyligi ortganday qat-qat,
Go‘yo deydi: ol, ol, olib qol!.. (II. 86)
Bandning dastlabki misrasida s undosh tovush takrori natijasida ohangdoshlik yuzaga kelgan. Bu esa s tovushi bilan yonma-yon kelgan unlilar ohangdoshligini ham hosil qilgan. Ya’ni si-si-si-so-so shaklida.
She’rda s undoshi takrori bilan birga i va o unlilarining qaytarilishi hamda so‘z takrori yuzaga kelgan. Bunday takrorlar she’rda yomg‘ir yog‘ishiga xos nozik xususiyatni (sim-sim) o‘rinli, sirli sozga o‘xshatib bo‘rttirib tasvirlagan. Band oxiridagi ol, ol, olib qol shaklidagi takror esa banddagi birinchi misraning tasdig‘idek namoyon bo‘lgan. Shu shakldagi s tovushi bilan bog‘liq takrorlarni shoirning “O‘g‘il”, “Vabo”, “To‘qson ikki”, “Saharlarda”, “Salomnoma” she’rlarida ham uchratamiz. Shuningdek, undosh tovushlar takrorining bu shakli q, k, ch, j tovushlari orqali ham hosil qilingan:
Chayirsan, chechansan, chuchuksan so‘zsiz,
Ertakday ezgusan, buloq yanglig‘ pok.
Ko‘z ololmas hatto ilg‘asa ko‘zsiz,
Holbuki, munglug‘san. G‘amdan ko‘ksing chok. (II. 294)
Adibning ushbu “Toshbu” she’rida Toshbu timsolida o‘zbek ayolining qiyofasi yoritilgan. Uning sabr-bardoshi, mehnatsevarligi ko‘rsatib berilgan. She’rning nomidan ham ko‘rinib turibdiki, Toshbu – bu o‘zbek ayoli. Uning irodasi, sabr-bardoshi toshdan ham qattiq. Yuqoridagi she’rning dastlabki bandida Toshbuning fazilatlari yanada ta’sirli ifodalangan. Tovush takrorlari ta’sirchanlikni oshiruvchi vosita bo‘lib xizmat qilgan. Bunda ch tovushi takrorlari uning o‘ziga xos xususiyatlarini bo‘rttirib, kitobxon diqqatini shu so‘zlar ma’nosiga jalb etadi. Bu tovush takroriga hamohang unlilar takrori ham yuzaga kelgan. Ya’ni cha-che-cha-chu-chu shaklida.
O‘zbek ayoli – Toshbuning obrazli holati takror, tashbih (Ertakday ezgusan, buloq yanglig‘ pok), mubolag‘a (Ko‘z ololmas hatto ilg‘asa ko‘zsiz) kabi uslubiy vositalarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida namoyon bo‘lgan.
Shunga o‘xshash takrorni Hamid Olimjon she’riyatida ham uchratamiz:

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling