Ишнинг умумий тавсифи


Orom olsin ulug‘ shaharlar, Orom olsin


Download 0.93 Mb.
bet14/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Orom olsin ulug‘ shaharlar,
Orom olsin inson, jonivor.
Orom olsin keksa padarlar,
Rohat uyqu olsin sevgan yor... (I. 251)
She’rda tovush, so‘z va so‘z birikmasi takrorlari osoyishtalikni ta’kidlashga xizmat qilgan bo‘lsa, osoyishtalikning ta’kidlanishi esa urushga – notinch hayotga qarshi nafratni kuchaytirishga xizmat qilgan. Yovga qarshi nafrat esa jangchilarni ruhan g‘alabaga tayyorlagan. Haqiqatdan ham, dushman bosqiniga qarshi otlangan jangchining g‘alabaga ishonchi muqarrardek tasvirlangan. Zero, shoir, hatto jonivorlarning ham tinchligi buzilmasin, deb xitob qilgan, xuddi alladek kuylanuvchi qo‘shiqlarini xalqqa in’om etgan:
Sevgilim sochini silagan yellar,
Salqin qanotingda yeturgil salom. (I. 252)
Ushbu bandda unli va undosh tovushlar bilan bog‘liq takror hosil qilinganki, bu Cho‘lponning Sochilgan sochingdek sochilsa siring misrasi bilan boshlanuvchi she’rini eslatadi. Ammo Mirtemir misralarida s tovushi takrori bilan bog‘liq o‘ziga xoslik kuzatiladi.
5. She’rning ma’lum bir band misralari yoki biror misraning so‘zlari bir xil tovush bilan tugaydi. Bu ba’zan misra ichidagi ohangdoshlik bilan uyg‘unlashib ketadi. Shoir “Elu yurt maqtovi” she’rida m tovushi takrori bilan bog‘liq quyidagi sodda, ammo ta’sirchan mazmunli misralarni yaratgan:
Saratonim, sovurim, chillam,
Bog‘u rog‘im, tutzorim, pillam.
Qo‘rg‘oshinim, tagi mo‘l tillam,
Ipagimsan, qorako‘limsan. (III. 16-17)
She’rdagi takror tovushlar ohangdoshligi she’rning umumiy mazmuniga mos holda shakllangan. Shoir yurtining sifati va xususiyatlariga, boyligiga o‘quvchining diqqatini tortish, ularni sanab o‘tish va urg‘u berish maqsadida tovush takrorlariga murojaat qilgan. She’rda yurtimiz boyliklari birma-bir tilga olingan. Lirik qahramon ular bilan faxrlanadi. Bu faxrlanish hissi bandlardagi takror birliklar, jumladan, takror tovushlar vositasida obrazli, badiiy tasvirlangan. Ayniqsa, yuqorida keltirilgan banddagi m tovushi bilan bog‘liq takrorlar she’rga o‘zgacha ohang in’om etgan. Keltirilgan bandlardagi m tovushi takrori quyidagi shaklda yuzaga kelgan:
1-misra: m-m-m
2-misra: m-m-m
3-misra: m-m-m
4-misra: m-m
Bandda 11 o‘rinda m tovushi qo‘llangan bo‘lsa-da, qandaydir zo‘rma-zo‘rakilik yoki soxtalik va siyqalikni sezmaymiz. She’rda yurt, mamlakat madhi ifodalangan. Insonning borlig‘i ham, boyligi ham, butun boru yo‘g‘i yurt, ona-Vatan ekanligi poetik tasvirlarda ifodalangan. Bunda takror tovush ma’noni kuchaytirib, ta’sirchanlikni oshirgan.
Misralarda takrorlangan m tovushi o‘zi kelgan so‘zlar oxirini yopgan, fikrning qat’iyligini xulosalagandek tuyuladi. Buning ustiga m tovushining I shaxs egalik qo‘shimchasi tarkibida mavjudligi shoirning ona yurtga chinakam mehrini, bu mehrning qayta-qayta takrorlanishi shoirning sadoqati, iqrorini ta’kidlashga xizmat qilgan.
Shunga o‘xshash takrorni Hamid Olimjon she’rlarida ham uchratamiz. Shoirning “Baxtlar vodiysi” she’rida b tovushi bilan bog‘liq takror quyidagicha yuzaga kelgan:
Yuvib, tarab, sevib, o‘pib, quchib, opichlab,
Ey baxtlarni balog‘atga yetkazgan ona!
Yozilib, yetilib, to‘lib yotadir –
Yoppasiga yangi kunga erishgan Quva! (H.Olimjon. I. 155)
Gradatsiya shaklida yozilgan ushbu misralarda (birinchi, ikkinchi va uchinchi misrada) b tovushi takrori mavjud. Shoir nazdida baxtlar vodiysi deb tasvirlangan Farg‘ona vodiysi tabiati she’rda o‘z ifodasini topgan. She’rdagi gradatsiyani hosil qilgan har bir so‘zning ma’nosi kuchayib borgan. Aslida gradatsiyaning o‘zi – ma’no kuchayishiga asoslangan vosita. Zinapoyadorlik har bir kerakli fikr yo tushunchani ta’kidlash uchun xizmat qiladi. Berilgan banddagi gradatsiya hosil qiluvchi har bir so‘z oxirida takrorlangan tovush ma’noni yanada kuchaytirib, so‘zlardagi ma’no uyg‘unligini yuzaga keltirgan.
Yuqorida keltirilgan bandlarni o‘zaro qiyoslasak, Mirtemirning “Elu yurt maqtovi” she’ridan keltirilgan bandning barcha qismlarida bir xilda m tovushi takrori mavjud bo‘lib, bu bandda to‘liq ohangdoshlikni hosil qilgan bo‘lsa, H.Olimjon she’rida bir misrada tovush takrori ta’sirchanlikni oshirsa, ikkinchi misrada ohang pasayadi, uchinchi misrada yana ohangdoshlik ko‘tarilib, to‘rtinchi misrada pasayish kuzatiladi.
6. Mirtemir she’riyatida tovush takrorining yana bir ko‘rinishi borki, bu boshqa shoirlar ijodida kam uchraydi. Bunda band misralarining har birida alohida tovush ohangdoshligi, ya’ni takrori hosil qilingan:

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling