Ишнинг умумий тавсифи
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
Oppoq-oppoq... Oydin siyna, oq siyna.
Cho‘qqilarga go‘yo parqu, oq zina. Adir-adir purmavj, porloq ganjina, Yorug‘ ummon kelyapti. (II. 245) Ushbu she’rda o va a unli tovushlari, shuningdek, undosh tovushlar hamda so‘zlar takrorlari mavjud. Bu takrorlar bandning birinchi misrasida qo‘llangan bo‘lib, she’rda takror bilan o‘xshatishning uyg‘unligi mavjud. Bunda takroriy so‘zning oppoq-oppoq shaklida qo‘llanishi ham ma’noni kuchaytirishga xizmat qilgan. She’rning nomidan ma’lumki, “Kuz qo‘shig‘i” – bu yig‘im-terim, hosil qo‘shig‘i. She’rda paxta yig‘im-terimi bilan bog‘liq holatlarni ifoda etuvchi so‘zlar qo‘llangan. Ushbu bandda oq oltin xirmonining ko‘kka bo‘y cho‘zishi, uning rangi, mo‘lligi, kishi diqqatini jalb etuvchi purmavjligi, xirmonlarning oppoq zinaga o‘xshashi tovush, so‘z takrorlari, o‘xshatish, mubolag‘a kabi vositalar orqali badiiy tasvirlangan. Ayniqsa, birinchi misradagi o, a, p, q tovushlari takrori va ular asosida kelib chiqqan so‘z takrorlari ma’noni poetik talab va mezonlarga mos ravishda ta’sirli ifodalashga xizmat qilgan. Misralarda o‘ziga xos ko‘tarinkilik izchil, musiqiy ohang orqali mohirona tasvirlangan. Mana shunday bir holat Hamid Olimjon ijodida ham uchraydi. Unda gradatsiya usulidan foydalangan holda mehnat madh qilingan: Uyda, oilada, dalada, qirda, Oppoq paxta bitgan serunum yerda, Ozod mehnat zo‘r jadal bilan Har minut sen o‘zing biz bilan birga! (H.Olimjon. “Mahorat”. I. 160) Ushbu bandning birinchi misrasida a tovushi takrori mavjud. Bu esa bandning dastlabki misrasida ko‘tarinki ruhni hosil qilgan, mazmunni kuchaytirib, kitobxon diqqatini shu misraga tortgan. Mirtemirning ba’zi she’rlarida misralar boshida unli tovushlar takrori mavjud bo‘lib, bunday takrorlar misralar boshidagi ko‘tarinki ohangni yuzaga keltirgan va anafora takrori bilan uyg‘unlashgan: Xirmonlar uyumi – ko‘zlar quvonchi... Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling