Ишнинг умумий тавсифи
Ha, qaytib kelmasin u og‘ir palla
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ha, qaytib kelmasin badbaxt u palla, Hech qaytib kelmasin, deyman baralla.
Ha, qaytib kelmasin u og‘ir palla,
Hech qaytib kelmasin, deyman baralla... (II. 51) She’rning asosiy g‘oyasi shu ikki misraga singdirilgan. Unda bir qishloq o‘smirining boshidan kechirganlari tasvirlangan. She’r oxirida dastlabki misralarning takrorlanishi bayt ma’nosining yanada ta’sirchanroq bo‘lishiga xizmat qilgan, ya’ni shoirning tilga olinayotgan holatning yana takrorlanmasligi haqidagi istagi takror vositasida ta’kidlab ko‘rsatilgan: Ha, qaytib kelmasin badbaxt u palla, Hech qaytib kelmasin, deyman baralla. (II. 53) Ushbu takroriy bandga e’tibor qilsak, she’r boshidagi bandda urush yillari og‘ir palla deb tilga olingan bo‘lsa, she’r oxiridagi takrorda badbaxt palla deb ifodalangan. Albatta, bunda og‘ir so‘ziga nisbatan badbaxt so‘zi kuchli salbiy bo‘yoqdorlikka va ta’sirchanlikka ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Dastlabki bandda qo‘llangan og‘ir so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llanib, mashaqqatli, uqubatli, azobli ma’nolarini ifodalagan bo‘lsa, she’r oxirida qo‘llangan baytdagi badbaxt so‘zi urush yillarini eng baxtsiz yillar sifatida izohlagan. Bu so‘z takror qo‘llangan oxirgi baytning ta’sirchanlik kuchini oshirishga xizmat qilgan. Mirtemir she’riyatida she’r boshida kelgan bandning she’r oxirida takrorlanib kelishi ham ko‘plab kuzatiladi. Ma’lumki, band takrorida misra yoki bayt takroriga nisbatan kengroq ma’no ifodalanadi. Jumladan, “O‘tparast singari...” she’rida shunday takror qo‘llangan.Dastlabki band: Ko‘klam, yoshligimday ardoqlim, sho‘xim, Har yili, har yili intizoringman. Loladan alanga, gullardan cho‘g‘im, O‘tparast singari beqaroringman. (II. 15) Oxirgi band: Ko‘klam, yoshlik kabi tansig‘im, sho‘xim, Har yili oshiqu intizoringman. Loladan alanga, gullardan cho‘g‘im, O‘tparast singari beqaroringman. (II. 15) She’rda bahorning kelishi inson yoshligiga qiyos qilingan. Bu fikr keyingi misralarda rivojlantirilib, she’r oxirida dastlabki band takrori asosida umumlashtirilgan. Takroriy bandda lirik qahramon bahorni har yili sog‘inib kutishi, o‘tparast (o‘tni xudo deb biluvchi, o‘tga sig‘inuvchi) singari beqarorligi ta’kidlangan. Shoir she’riyatida she’r boshidagi misra yoki bandning she’r oxirida o‘zgarib takrorlanishi ham kuzatiladi. Bu esa takrorlanuvchi birlikning dastlabki qo‘llanishiga nisbatan kuchliroq ta’sirchanlikka ega bo‘ladi. Jumladan, adibning Roziman, rizoman, o‘la-o‘lguncha misrasi bilan boshlanuvchi she’rida halqani band takrori hosil qilgan bo‘lib, dastlabki band she’r oxirida o‘zgarib takrorlangan. Bu band she’r boshida quyidagi shaklda kelgan: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling